«Tolibon» hukumati Afğonistondagi Qöştepa kanalining birinçi qismi foydalanişga topşirilgani va uning qurilişining ikkinçi bosqiçi boşlangani haqida ma’lum qildi, deb yozadi TOLOnews.
11 oktyabr kuni Balx viloyatida foydalanişga topşiriş marosimi bölib ötdi.
Afğoniston matbuotiga köra, kanal birinçi uçastkasining uzunligi 108 km – u Amudaryodan boşlanib, Balxning Davlatobod tumaniga yetib boradi. Uning qurilişi 1,5 yil davom etdi.
Ikkinçi bosqiçda kanalning Juzjon va Faryob viloyatlaridan ötuvçi 177 km uzunlikdagi qismini quriş rejalaştirilgan. Uçinçi bosqiç qişloq xöjaligi yerlari böylab subkanallarni taqsimlaşni öz içiga oladi.
Kanalning umumiy uzunligi 285 kmni taşkil qiladi. Afğoniston rasmiylariga köra, bu 550 ming gektargaça yerni suğoriş hamda buğdoy va boşqa ekinlar yetiştiriş imkonini beradi.
Loyihani töliq yakunlaş 2028 yilga möljallangan bölib, uning qiymati 7 milliard afğoniy (taxminan 92 million dollar)ga baholanmoqda.
1992 yilda Markaziy Osiyoning beşta davlati mintaqada suvdan foydalanişni tartibga solişga qaratilgan Olmaota deklaratsiyasini imzolagan. Bundan taşqari, Özbekiston, Turkmaniston va Qozoğiston BMTning 1992 yildagi suv konvensiyasiga qöşilgan. Afğoniston bu kelişuvlarning birortasiga ham qöşilmagan.








