O‘zbekistonda poyezdlar tezligini 300 km/soatgacha yetkazish rejalashtirilmoqda
O‘TYga bu masalada Jahon banki ko‘mak ko‘rsatishi mumkin. Ma’lumot uchun, hozirda “Afrosiyob” tezyurar poyezdlari 255 km/soatgacha tezlikda harakatlanadi.
“O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ va Jahon banki o‘zaro hamkorlikni kengaytirish rejalarini belgilab oldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv “O‘zbekiston temiryo‘llari” raisining birinchi o‘rinbosari H.Rahmetov va Jahon bankining Toshkentdagi transport sektori rahbari V.Aragones rahbarligida bo‘lib o‘tdi.
Hikmatulla Rahmetovga ko‘ra, jamiyat strategiyasida transformatsiya masalasi muhim o‘rin tutadi. “Yangi sharoitlarga moslashish va buxgalteriya hisobi va buxgalteriya jarayonlarini takomillashtirish jiddiy kuch va resurslarni talab qiladigan vazifalardir, ularning murakkabligi aniq”, – dedi u.
Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, Jahon banki vakillari “O‘zbekiston temiryo‘llari” uchun zarur bo‘lgan ish hajmini aniqlashga va tegishli taqdimotni tayyorlashga yordam beradi.
Jahon banki rasmiylari, shuningdek, temiryo‘l sohasini rivojlantirishda ishtirok etishga, xususan loyihalarni moliyalashtirishga ko‘maklashishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Tashabbuslardan biri – poyezdlarning harakat tezligini 300 km/soatgacha oshirish. Hozirda mavjud “Afrosiyob” poyezdi 255 km/soat tezlikkacha harakatlanadi.
Bu maqsadga erishish uchun to‘rtta mumkin bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash usullari taklif qilindi: yo‘lovchilar oqimini baholash, temiryo‘l infratuzilmasi sifatini yaxshilash va mavjud liniyalarni kengaytirish, temiryo‘l tarmog‘ini kengaytirish va dastlabki texnik-iqtisodiy baholashni amalga oshirish.
Bu uchrashuv “O‘zbekiston temir yo‘llari” va Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyadan yuqori tezlikda harakatlanuvchi 6 ta elektropoyezd xarid qilinishi belgilangan edi.
Mavzuga oid
20:33 / 13.11.2024
«O‘zbekiston temiryo‘llari» 1 dekabrdan yuk tashish tariflarini 30 foizga oshiradi
20:00 / 13.11.2024
«O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJning 35 foiz aksiyalari 200 mlrd so‘mga sotildi
17:27 / 06.11.2024
Jahon banki iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’sirini baholadi
22:46 / 26.10.2024