Birinçi 100 nafar xaridor uçun maxsus takliflar mavjud. Bundan taşqari, korporativ mijozlar uçun qulay çegirmalar amal qilmoqda.
14 oktyabr kuni Toşkentdagi Renessans Hallʼda HAVALʼning Özbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblanuvçi ADM Global kompaniyasining HAVAL brendidagi ilk avtomobillarining tantanali taqdimoti bölib ötdi.
Krossover segmentida yetakçi bölgan kompaniya muxlislarga ikkita modelni namoyiş etdi: Jolion va H6. Har bir model uç xil komplektatsiyada çiqarilmoqda: Comfort, Prestige va Premium.

Tadbirga yangi krossoverlarni baholaş uçun yuzlab mehmonlar taşrif buyurdi. Zamonaviy raqslar va yuqori ovozli elektron musiqa bilan töldirilgan dinamik va ajoyib lazer şou, Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan artist Jyenisbek Piyazovning çiqişlari, şuningdek, yangi avtomobillar haqida batafsil şarhlardan iborat jöşqin köngiloçar dastur barçaga manzur böldi. Bundan taşqari, mehmonlar rulda ötirib, intererni közdan keçirdi va HAVAL brendining beqiyos sifatini qadrlaşini bildirdi.

«Ajoyib tadbir böldi. Menga yoqdi. Yorqin şou, hamma narsa eng mayda detallargaça öylangan. Tadbir yuqori sifatli avtomaşinalar darajasi uçun mos tuşadi», — dedi mehmonlardan biri öz taassurotlari bilan örtoqlaşar ekan.
Ma’lumot örnida, yangi HAVAL avtomobillari xaridorlarni bir vaqtning özida mavjud 4 ta rang bilan xursand qila oladi.

«Özbekiston uçun odatiy oq va qora ranglardan taşqari, qizil va kök ranglar ham mavjud. Şuni qöşimça qiliş joizki, interer rangini ham didingizga qarab tanlaşingiz mumkin, bu Özbekiston uçun innovatsion yeçimdir», — deydi HAVAL brendi texnik mutaxassisi Anton Topilin.
Ta’kidlaş joizki, tadbirda HAVAL avtomobillarining dastlabki ikki xaridoriga sertifikat va sovğalar topşirildi.

HAVAL krossoverlari allaqaçon MDHda keng tarqalgan. HAVAL brendining öziga xos xususiyati ilğor bort texnologiyalari va jozibador narxdagi zamonaviy dizayndir. Jolion va H6 avtomobillarini qöşni mamlakatlar bozorlarida haqiqiy xit deb ataş mumkin. Endi bu krossoverlar Özbekistonda yaşovçilar uçun ham mavjud böladi.











