Rossiya josuslar, ijtimoiy tarmoqlar va davlat ommaviy axborot vositalari orqali turli mamlakatlar fuqarolarining demokratik saylovlarga işonçini susaytirmoqda. Bu haqda AQŞ razvedkasi dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridagi elçixonalariga xabar yuborgan, deb yozdi Reuters.
Unda Rossiya rasmiylari, jumladan, Kreml ham bunday ta’sir amaliyotlarini qadrlaşi va ularning samarali ekanligiga işonişi ta’kidlanadi. Şuningdek, Rossiya Qöşma Ştatlarda ham xuddi şunday usullardan foydalanayotgani e’tirof etilgan – masalan, Rossiya sub’yektlari Jozef Bayden ğalaba qozongan 2020 yilgi saylovlar göyo halol ötmagani haqida ma’lumot tarqatmoqda.
Umuman olganda, Amerika razvedkasi ma’lumotlariga köra, Rossiya Federatsiyasi 9 ta demokratik mamlakatda ötkazilgan 11 ta saylovga işonçni buzişga qaratilgan harakatlarni amalga oşirgan. Bundan taşqari, u boşqa 17 ta davlatda bunga qaratilgan «nisbatan kamroq ta’sirçan» harakatlarni qilgan.
Rossiya «oşkora va yaşirin mexanizmlardan, jumladan, Rossiya razvedka xizmatlari tomonidan boşqariladigan ta’sir tarmoqlari va işonçli şaxslardan foydalangan». Qayd etilişiça, uşbu taşviqotlar doirasida saylov komissiyalari a’zolari qörqitişga uçragan, saylov kuni norozilik namoyişlari uyuştirilgan, şuningdek, 2020 yilda mamlakatlardan birida xorijiy saylov uçastkalarida «sabotaj» sodir etilgan.
2 oktyabr kuni Slovakiya Taşqi işlar vazirligi Rossiya elçixonasi vakilini çaqirtirdi. Bunga Moskvaning Slovakiyada bölib ötgan parlament saylovlariga «qabul qilib bölmas aralaşuvi» sabab bölgani aytildi. Bunga Rossiya taşqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narişkinning AQŞ saylov natijalarini manipulyatsiya qilişi haqidagi bayonoti sabab böldi.
Slovakiya Taşqi işlar vazirligi bu bayonotni saylov jarayoniga aralaşişga qaratilgan «ataylab dezinformatsiya» deb atadi. Bu mamlakatda 1 oktyabr kuni bölib ötgan saylovlarda Ukrainaga harbiy yordam körsatilişiga qarşi bölgan sobiq boş vazir Robert Fitso boşçiligidagi partiya ğalaba qozongan edi.








