Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
USAID ma’muri Samanta Pauer O‘zbekistonga tashrif buyuradi
U Markaziy Osiyoda mintaqaviy aloqalar bo‘yicha birinchi S5+1 vazirlar konferensiyasini o‘tkazadi.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ma’muri Samanta Pauer 23–24 oktyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u mintaqaviy aloqalar bo‘yicha C5+1 formatidagi birinchi vazirlar konferensiyasini o‘tkazadi hamda AQSh hukumatining mintaqa davlatlarining mustaqilligi, suvereniteti va farovonligiga sodiqligini tasdiqlaydi.
2015 yildan buyon C5+1 muloqoti AQSh hukumatining Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlik qilish uchun asosiy diplomatik platformasi bo‘lib kelmoqda.
Taraqqiyot masalalari bo‘yicha vazirlar uchrashuvi mintaqaviy o‘zaro aloqalar, savdo, iqtisodiy o‘sish va tadbirkorlik, iqlimiy va energetik yechimlar, shuningdek, yoshlar uchun imkoniyatlarga urg‘u qaratgan holda Markaziy Osiyoda inklyuziv, barqaror iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish uchun barcha beshta davlat vazirlarini to‘plab, ushbu platformani mustahkamlaydi.
Mavzuga oid
23:28 / 29.08.2025
USAID rasman yopiladi – Marko Rubio
07:36 / 28.07.2025
Tramp yordam va OAV uchun xarajatlarni qisqartirish haqidagi qonunni imzoladi
08:30 / 19.07.2025
AQSh Senati USAID va ikkita OAVga davlat xarajatlarini qisqartirishni ma’qulladi
20:58 / 08.07.2025