Farğonaning «Neftçi» klubi 26-oktabr kuni OFK Elit Osiyo Çempionlar Ligasi guruh bosqiçining 3-turida öz maydonida Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubini qabul qildi.
Öyin avvalida mezbonlar biroz ustunlikka ega böldi va 17-daqiqada Jamşid Iskanderov penaltini aniq amalga oşirib, hisobni oçdi. 34-daqiqada Ussam Auar hisobni tenglaştirdi. Öyinning sönggi daqiqasida Yusuf En–Nesiri jarima zarbasini aniq amalga oşirib, jamoasiga ğalaba keltirdi.
Bu natijadan söng, Farğona klubi 3 oçko bilan musobaqa jadvalida 9-örinni egallab turibdi.
«Neftçi» navbatdagi öyinni 2-noyabr kuni safarda Eronning «Traktor» klubiga qarşi ötkazadi. Bahs Ömon poytaxti Maskat şahrida bölib ötadi.
Elit OÇL. Ğarb mintaqasi. 3-tur
26-oktabr, Farğona, «Istiqlol» stadioni
«Neftçi» (Özbekiston) - «Al-Ittihod» (Saudiya Arabistoni) 1:2
Gollar: Jamşid Iskanderov (17 pen) - Ussam Auar (34), Yusuf En-Nesiri (90)
«Neftçi»: Botirali Ergaşev, Mişel Augusto, Boyan Siger (Anvar Ğofurov 46), Abror Ismoilov (Xurşid Ğiyosov 80), Vladimir Yovoviç (Yan Sasse 46), Jamşid Iskanderov, Alişer Odilov (Ibrohimhalil Yöldoşev 70), Farruh Sayfiev, Koffi Kuao, Ratino, Markus Forss.
Boş murabbiy: Islombek Ismoilov
«Al-Ittihod»: Predrag Raykoviç, Danilo Luis, Riçard Rios, Saad Al-Musa, Ussam Auar, Muhannad Al-Şanqitiy, Jorjino Veynaldum (Muxtor Ali 63), Faris Rifat, Dion Lopi (Ahmad Al-Ğamdiy 73), Stiven Bergveyn (Marvan Al-Sahafiy 73), Jorj Ilenixena (Yusuf En-Nesiri 63)
Boş murabbiy: Yens Vissing (Germaniya)

















