Transport vazirligi Toshkentda kuzatilgan tirbandliklar yuzasidan izoh berdi
Poytaxtning bir nechta asosiy ko‘chalarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari sababli harakat cheklanishi transport vositalari oqimining qayta taqsimlanishiga olib kelib, boshqa ko‘chalardagi mavjud oqimga qo‘shimcha yuklama hosil qilgan.
Toshkent shahrida 23 oktyabr kuni kechki vaqtlarda katta tirbandliklar kuzatildi. Transport vazirligi holat yuzasidan izoh berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrining bir nechta asosiy ko‘chalarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari sababli harakat cheklanishi transport vositalari oqimining qayta taqsimlanishiga olib kelib, boshqa ko‘chalardagi mavjud oqimga qo‘shimcha yuklama hosil qilgan.
Natijada shahardagi umumiy harakat tezligi, yig‘ilib qolgan qo‘shimcha oqim hisobiga keskin tushib ketgan. Bu holat esa, o‘z navbatida, barcha ko‘chalarda transport vositalari harakat tezligining pasayishiga olib kelgan. Ayni shu jihat Toshkent shahri jamoat transporti avtobuslar harakatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Alisher Navoiy, Labzak, Sag‘bon, Saqichmon, Mehrjon, Kichik halqa yo‘li, 8 mart, Shota Rustaveli, Bobur, Oybek, Arnasoy, Istiqbol, Muqimiy—Nukus hamda Nurafshon aylanma ko‘chalari orqali harakatlanuvchi 70 dan ortiq avtobus yo‘nalishlarida kunning tig‘iz paytida qatnov vaqti hamda oraliq interval vaqtlariga rioya etish imkoni bo‘lmagani aytiladi.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024