Ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyati Uçköprik tumani moliya bölimi boşliği va tuman hokimi yordamçisi karta öynayotgani aks etgan surat tarqaldi. Unda rasmiy idora xonasi ekani körinib turgan joyda bir guruh şaxslar körpaça solib, pul tikkan holda karta öynab ötirganini köriş mumkin.
Surat tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Jumladan, foydalanuvçilardan biri öyinga mahalliy budjet pullari tikib yuborilgan bölişi mumkinligidan xavotir bildirgan. «Işqilib, mahalliy budjetni tikvormagan bölsin-da», deyiladi izohda.
Uçköprik tumani hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirgan.
«Mazkur holat Uçköprik tumani hokimligi hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ma’lumotlarda qayd etilgan davlat taşkilotlarining viloyat boşqarmalari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda örganib çiqilmoqda. Örganiş natijalari yuzasidan qöşimça ma’lumot beriladi», deyiladi hokimlik izohida.
Kun.uz manbasiga köra, holat yuzasidan bugun şuningdek, Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan nizomi bilan hokimlik odob-axloq komissiyasi yiğilişi bölib ötişi ham kutilmoqda.












