Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) aeroportlarda Tojikiston va Özbekiston fuqarolarini «filtratsiyadan» ötkazmoqda hamda ularning ayrimlarini Rossiyaga kiritişni rad etmoqda. Bu haqda çet elliklarni mamlakatga kiritmaslik bilan boğliq töqqizta sud qarorini örganib çiqqan «Ostorojno, novosti» Telegram-kanali xabar berdi.

Hujjatlarga köra, çegaradagi «filtratsiya» sörov ötkaziş va mobil telefonlarni tekşirişni öz içiga olgan. Xorijliklar telefonini FXX xodimlariga öz ixtiyori bilan bergani taʼkidlanmoqda. Tekşiruv yakunlariga köra, çet elliklarni mamlakatga kiritiş yoki kiritmaslik haqida qaror qabul qilingan.

«Filtratsiya» çoğida Rossiya maxsus xizmatlari vakillari, jumladan, YouTube’dagi tomoşalar tarixini tekşirgan va unda «Rossiya Federatsiyasi hududida taqiqlangan videolar» bor-yöqligini aniqlagan.

Şuningdek, messenjerlardagi yozişmalarning öçirilgani, holatlarning birida esa tugmaçali telefon taqdim etilgani ham mamlakatga kiritmaslikka sabab bölgan.

FXX sudlarda barça figurantlarni «radikal islom mafkurasi tarafdorlari» safiga kiritiş mumkinligini maʼlum qilgan, deb yozdi «Ostorojno, novosti».

Moskva aeroportlaridagi tekşiruvlar tölqini 2024-yil bahorida - «Krokus Siti Xoll»dagi teraktdan söng boşlangan, deb qayd etadi «Ostorojno, novosti». 2025-yil yozida TASS agentligi ham sud qarorlariga tayanib, çegaraçilar telefonlarida terroristik va ekstremistik taşkilotlarning sahifalariga obunalar aniqlangan Tojikiston va Özbekiston fuqarolariga Rossiyaga kiriş taqiqlanayotgani haqida xabar bergan edi. Xuddi şunday «filtratsiya» tekşiruvlariga ukrainaliklar, baʼzan esa çet eldan öz vataniga qaytayotgan rossiyaliklar ham duç kelmoqda.