24 oktyabr, seşanba kuni ertalab Şimoliy dengizda ikkita yuk kemasi töqnaşib ketişi oqibatida tört kişi bedarak yöqolgan. Dengiz favqulodda vaziyatlar departamenti (Havariekommando) ma’lumotlariga köra, bitta kema çökib ketgan. Hozirda halokatga uçragan kemadagi qurbonlarni qidiriş işlari olib borilmoqda.

Kema halokati haqida nima ma’lum 

«Polese» va «Veriti» yuk kemalari örtasidagi töqnaşuv seşanba kuni ertalab soat 5:00 larda Helgoland orolidan taxminan 22 km janubi-ğarbda va Langeog orolidan 31 km şimoli-şarqda joylaşgan nemis buxtasida sodir bölgan. Taxminlarga köra, Britaniya bayroği ostida suzib kelayotgan «Veriti» kemasi töqnaşuv tufayli çökib ketgan. Ikki kişi suvdan qutqarilib, şifoxonaga yetkazilgan. Bortida 22 kişi bölgan Bagam orollari bayroği ostidagi «Polese» kemasi suv yuzasida qolgan. 

Qidiruvda Germaniya Dengiz qidiruv va qutqaruv xizmati (DGzRS)ning oltita qutqaruv kemasi, lotsmanlik qayiği, avariya kemasi, suv politsiyasi qayiği, Germaniya harbiy-dengiz kuçlari vertolyoti va Havariekommando samolyoti iştirok etmoqda. Halokat paytida dengizning xuddi şu hududida bölgan kruiz kemasi ham qidiruvda iştirok etyapti. Noqulay ob-havo şaroitiga qaramay qidiruv işlari davom etmoqda. Qutqaruvçilarning ma’lumotiga köra, suv harorati 12 daraja atrofida.