Jibutidan Yamanga yöl olgan kema ağdarilib ketişi natijasida kamida 109 kişi halok böldi, ular orasida 15 nafar bola bor, deb xabar berdi Xalqaro migratsiya taşkiloti.

Maʼlum qilinişiça, kema Obok port şahri şimolida halokatga uçragan. Uning bortida 350 nafarga yaqin migrant bölgan, ulardan 116 nafari bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.

Halokatda 80 nafardan ortiq kişi omon qolgan bölib, ularning barçasi Efiopiya fuqarolaridir. Voqea 8-oktabrdan 9-oktabrga ötar keçasi sodir bölgan.

Jibuti hukumati qidiruv-qutqaruv işlarini davom ettirmoqda.

Xalqaro migratsiya taşkiloti maʼlumotlariga köra, 2025-yilda uşbu yönalişda 900dan ortiq inson halok bölgan yoki bedarak yöqolgan.