Advokatlarni norozi qilayotgan tartib va Palata işiga konstitutsiyaga zid aralaşuv – advokatlar bilan suhbat
|00:53 / 28.10.202316 00213 min
Oxirgi yillarda jamoatçilik tanigan, bilgan insonlar, masalan, jurnalist va blogerlar bilan boğliq qator sud jarayonlaridan keyin bir kasb egalari haqida köproq gapiriladigan böldi.
Hozir özbek jamoatçiligi bu kasb egalarini nafaqat köp tilga olyapti, balki biror muammo paydo bölsa, tezda ularning xizmatiga murojaat qilişni, bu orqali ular orasida eng kuçlilari kim-u, qay biri şunçaki çöntakka işlaydi, buni ham örganib boryapti.
Advokatlar. Bu kasb egalari oxirgi vaqtlarda şuningdek, yana bir vaziyat böyiça OAVda köp tilga olinmoqda. Bu – amalda advokatlarning erkinligini töla çeklaydi, deyilayotgan hujjat atrofidagi bahslar.
Kun.uz muxbiri ikki advokat va inson huquqlari faolini navbatdagi suhbat uçun taklif qildi hamda ular bilan ana şu bahsli hujjat va umuman, bugun Özbekistonda advokatura instituti ahvoli haqida suhbatlaşdi.
Suhbat mehmonlari advokat Jahongir Mutalipov, Saidali Muxtoraliyev va jurnalist, huquq faoli Abdurahmon Taşanov böldi.
— Mavzuga, advokatura instituti tahliliga kirarkanmiz, aytiş kerakki, özi barça normal, demokratik tuzumlarda advokat eng hurmatli kasb, jamiyatning lokomotivi bölgan institutlardan biri.
Xöş, bugun özbek jamiyatida va yanayam konkretlaştirsak, odamlar va davlat organlari oldida advokatning qadri, örni qanday?
Özbekistonda mavjud 5 mingga yaqin advokatning neça foiziga bugun odamlar çindan işonadi, bormi özi bu işonç?
Saidali Muxtoraliyev:
— Ha, har qanday normal jamiyatda advokatlarning örni yuqori. Çunki har qanday davlat va jamiyatda huquq va huquqbuzarlik masalasi bor, advokatlar esa öşa huquqlarni tiklaydi. Lekin nufuz va obro‘ alohida bir masala. Özbekistonda advokatlar soni bugungi kunda 5 mingga ham yetmaydi. Bunda hisoblasak, 7 ming kişiga taxminan bitta advokat töğri keladi degani. Biz bu borada dunyo reytingida 40-45-örinda turamiz, adaşmasam.
Mavzuga oid
Advokatlarga işonç baland bölib, obro‘ bölişi uçun fuqarolarning advokatlarga işi tuşgan bölişi kerak. Özbekistonda esa advokatlarga murojaat qiluvçi aholi soni juda kam, şuning uçun işonç masalasida biror nima deyiş qiyin. Ijtimoiy sörovnoma ötkazilsa, köpçilik tasavvuri, eşitgani böyiça gapirişi mumkin, şaxsan işi tuşgani kam böladi.
Abdurahmon Taşanov:
— Afsuski, bizda bu borada ijtimoiy sörovnomalar, statistika yöq, şuning uçun aniq raqamlar aytiş muşkul. Ijtimoiy kayfiyatdan kelib çiqib aytadigan bölsak, köngildagiday emas vaziyat. Öziga yaraşa sabablari bor buning ham.
Deylik, birorta bola yuridik universitetga kirib advokat bölaman, demaydi, huquqning boşqa sohasini orzu qiladi. Çunki advokatlarning nufuzi baland emas, ikkinçidan, bu sohaning «noni ham qattiq». Rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlatlarda advokatlar örni yuqori bölişi kerak aslida. Xorijiy OAVda falon odamning advokati bunaqa dedi, uniki bunaqa dedi, degan gaplarni köp öqiymiz. Şundan ham ularning örnini biliş mumkin.
World Justice Project (WJP) xalqaro nohukumat taşkiloti tomonidan e’lon qilingan qonun ustuvorligining navbatdagi yillik reytingida Özbekiston 142 ta mamlakat orasida 78-örinni egallagan. Bu ötgan yilgi örnimizga nisbatan bir neça qadam yomonlaşiş degani. Çunki aynan bizning faylasuflar, bobolarimiz inson huquqlari, qonun ustuvorligi haqida katta-katta asarlarni qoldirişgan, insoniyatga berib ketişgan. Şuning uçun bu natija juda past.
Jahongir Mutalipov:
— Advokatlarning örnini bugun advokaturaga murojaat qilayotganlarning kayfiyatidan ham biliş qiyin emas. Ularda kelgandayoq işonçsizlikni sezasiz. Işning bitişini qonunlar bilan asoslab berganimizdan keyin ham xuddi tavakkal qilgandek rozi bölişadi. Şundan ham bilib oliş mumkin jamiyatdagi işonçni. Çunki ötgan ma’muriyat davrida (özim xuquqni muhofaza qiluvçi organlarda işlaganman) şakllangan kompleks bor. Advokating nima qilardi, heç narsa qilolmaydi, hal qiluvçi prokuror bilan sudya, degan gaplar işonçni pasaytiradi.
Tergov, sud organlariga obektiv dalillar taqdim qilsak, iltimosnomalar kiritsak, qabul qilinib qanoatlartirilmayapti. Buni boşqa advokatlar ham tasdiqlaşi mumkin. Advokatlar ham adolatni tiklovçi bir organ hisoblanadi. Sudlarga dalillar, isbotlar keltiramiz şunça, lekin prokuror turib qabul qilmaslikni söraydi, sud ham köp hollarda rad qiladi advokatning dalillarini. Şu kabi holatlar fuqarolarda advokatlardan foyda yöq ekan, degan xulosa paydo qiladi.
Oxirigaça boradigan, ijtimoiy tarmoqlarda faol bölgan advokatlar bor. Ular ijtimoiy tarmoqlarda sudda dalillari, iltimosnomalari qabul qilinmaganini aytib çiqsa, keyin öşa narsalar inobatga olinadi. Ijtimoiy tarmoqda faollikka ham boğliq bölib qolyapti. Agar qonunan qilib, ularning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi tuşirilsa, yana advokatlarga işonç pasayadi va qiyinlaşadi.
— Advokatning jamiyatdagi örni, nufuziga boğliq yana bir savol. Bilişimça, bizda köp holda huquqşunoslikni tamomlagan yoşlar töğridan töğri advokatlik kasbini tanlamaydi. Bu kasb egalari köp hollarda huquq organlaridan: xoh u xavfsizlik bölsin, xoh prokuratura, içki işlar tizimidan ketgan yo ketkazilgan kadrlar bölişadi.
— Dolzarb masala bu. Biz ham yuridik universitetida tahsil olib yurgan paytimizda 90 foiz talaba faqat sudya yoki prokuror bölaman, deb yurardi. Öqişni bitirib birdan advokat bölganlar juda kam. Umumiy advokatlarning 2 foizini ham taşkil qilmaydi 30 yoşgaça bölgan advokatlar.
Bundan taşqari, oliy ta’lim muassasalarida advokaturaga töliq yönaltiriş, qiziqtiriş yöq. Bu vaziyatning özagi 90-yillarga borib taqaladi. Öşa paytda huquq, umuman davlat organlaridagilarning yaşaş tarzi nisbatan yaxşi bölgan. Şuning uçun köpçilik şu sohalarga intilgan. Oxirgi 2 yilda yoş bitiruvçilarda ham advokatlikka qiziqiş bölyapti.
Yoşlar bu sohaga qiziqişi uçun sohada şart-şaroitlar yetarli bölişi kerak. Şaroit degani bu — odil sudlov tizimi. Yaqinda bir yoş advokat iş boşladi, yaxşi bilimli, kadr. Lekin dastlabki 3 ta sudda adolatsizlikka uçradi va hozir advokatlikni tugatmoqçi. Odil sudlov bölsa, yoşlar bu sohaga işonib kirib keladi. Agar odil sudlov tizimi bölsa, bizda tayyor turgan yoş advokatlar köp.
Yaqingaça advokat böliş uçun boşqa huquq organlarida kamida 2 yillik tajriba kerak edi. Hozir bu tartib bekor bölgan, şuning uçun yoşlarda qiziqiş ortyapti. Şu omil sabab endi advokatlar köpayib qoladi, deb öylayman.
Abdurahmon Taşanov:
— Bizda sovet davri advokaturasining qiyofasi hozir ham bor. Bir tergovçi, qoralovçi, deylik, «urilib» keyin advokat böldi. Uning miyasi qoralov bilan tölgan. Sovet davri şunaqa edi, ya’ni advokat haqiqat uçun kuraşişi kerak, deyilardi. Bu xato qaraş. Bugun boşqaça bölişi kerak, advokat xuquq uçun kuraşişi kerak, haqiqat — nisbiy tuşunça.
Yaqinda Oliy sud seminarida nega adolatsizlik köp bölyapti, degan savolga bir sudya aytyaptiki: bizni advokatlarning passivligi qiynayapti, prokurorlarning esa bosimi kuçli. Taroziga prokuror köp yuk taşlasa, advokat yengiladi-da. Demoqçimanki, masalaning tomonlari juda köp. Advokatlarning obrösi, xuquqini himoya qiluvçi qonun masalasi ham bor.
Odil sudlov tizimi tortişuvlarda şakllanadi. Agar sudning özi adolatli bölişini kutib ötirsak, foydasi yöq. Advokatning talabi prokurorniki kabi kuçli bölsa, odil sudlov şakllanaveradi.
Jahongir Mutalipov:
— Bizda mustaqillik yillarida yuridik sohaga öqitadigan OTM kam edi. Yiliga taxminan, mingtaça yurist mutaxassis tayyorlanardi, ular esa davlat organlaridan ortmaydi, şuning uçun advokaturada odam kam. Davlat organlari ham aynan eng yaxşilarini terib oladi. Şuning uçun ham köpçilik advokatlar oldin davlat organlarida işlagan.
Har bir viloyatda yuridik fakultetlar oçilişi böyiça prezident qarori çiqdi. Işlar boşlagan, lekin hali ularning bitiruvçilari çiqmagan. Bir neça yilda yuristlar soni ortadi.
Advokaturada işlaş qiziqarli bölişi ham kerak, ya’ni moddiy tomonlama. Advokatning doimiy oyligi yöq, davlat organlarida esa oylik maoşi böladi, şuning uçun yoşlarda işonç hissi yuqori u sohalarga.
— Avokatura institutini tahlil qilyapmiz. Bu institutda advokatlarni birlaştirgan, ularga boş bölgan Advokatlar palatasi degan katta bir NNT bor. Bugun mana şu taşkilot özi qançalik mustaqil va u özi nima bilan şuğullanyapti, degan tabiiy savol bor?
Şuningdek, bu palata rasman NNT, lekin bilişimça, uning raisi nomzodini Adliya vazirligi ilgari suradi, töğrimi?
Konstitutsiyada davlat organlari NNT faoliyatiga aralaşişi mumkin emasligi körsatilgan (72 modda), lekin palata böyiça bunday holat. Bugun nega bu tizimdan adliyaning qöllari olib taşlanmayapti?
Saidali Muxtoraliyev:
— Advokatlar palatasida 2008 yili Vazirlar Mahkamasi qarori bilan taşkil etilgan. Bu palata NNT bölsa-da, asli davlat organi tomonidan taşkil etilgan. Odatda NNTlar a’zolar taşabbusi bilan taşkil etiladi. Bu palata VM tomonidan taşkil etilgani uçun uning vazifalari ham davlat tomonidan qöyilgan. Şuning uçun davlat taşkilotlari formati işlab kelyapti.
Yana bir masala bor. Davlat tomonidan xuquq sohasini muvofiqlaştiriş Adliya vazirligiga topşirilgan. Palata homiysi Adliya vazirligi bölib qolgan. Masala boşqa joyda bu yerda. Ya’ni siz özingizning işingizni qilmas, imkoniyatingizdan foydalanmas ekansiz, örningizga boşqalar qiladi. Bizda bu palataga e’tirozlar köp. Palata öz vazifalarini bajarmagani uçun ham Adliya vazirligiga ötib ketgan işlar. Advokaturani realizatsiya qiluvçi va muvofiqlaştiruvçi Adliya vazirligi bölib qolgan. Şuning uçun qaysidir ma’noda boşqaruvda Adliya vazirligining da’volari paydo bölgan. Palata öz imkoniyatidan foydalanmagani uçun boşqalar bu işni qilyapti.
Abdurahmon Taşanov:
— 2008 yilda Advokatlar palatasi tuzilayotganda köplab faol advokatlar tomonidan töpolon çiqqandi. Şundan keyin Toşkent şahar advokatlar assotsiatsiyasini majburlab palataga birlaştirişgandi. Ayni holatda Adliya vazirligining aralaşuvi — 100 foiz konstitutsiyaning buzilişi. Adliya vazirligining özi qonunga mas’ul, buni yaxşi biladi, konstitutsiyaviy sud ham biladi. Oliy Majlisdagilar ham biladi. Markesning «Oşkora qotillik qissasi»ga öxşaydi, hamma biladi. Advokatlarning özidayam qörquv bor. Advokatlarning öziga şu narsani konstitutsiyaviy sudga yozaylik, deganimda kerakmas deyişgan. Öşa paytda, 2008 yilda advokatlarni jilovlaş bölgandi. Xöp, lekin haligaça heç narsa özgarmadi.
Saidali Muxtoraliyev:
— Abdurahmon akaning e’tirozi örinli. Haq olinur, berilmas, degan gap bor. Masala ham şunda, biz advokatlar haqqimizni talab qilolmayapmiz yetarliça. Biz talab qilsak, palata işlaydi va rivojlaniş böladi.
Jahongir Mutalipov:
— Şu kunga qadar palataning ustavini körib çiqişni heç kim kötargani yöq. Adliya vazirligi nomzod körsatişi haliyam amalda, körib çiqib, özgartirilmas ekan, bu narsa işlayveradi. Palatadagi vakillar allaqaçon bu masalalarni kötarişi kerak. Konstitutsiyamiz özgardi, lekin qonun osti hujjatlari özgarmasa, töğridan töğri qöllab bölmaydi, bizda bunday amaliyot yöq.
Saidali Muxtoraliyev:
—Bizda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qöllaş böyiça qonun bor. Şuning 18-moddasida bir-biriga zid bölib qolgan ikki huquqiy hujjatni qöllaş tartibi berilgan. Ya’ni ikki huquqiy hujjat bir-biriga zid kelsa, yuqori turuvçi hujjat qöllanişi, yangi konstitutsiyada esa konstitutsion moddalar töğridan töğri qöllanişi aytilgan. Hozirgi vaziyatda ham konstitutsiyaning 72-moddasi töğridan töğri qöllanişi kerak.
Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Suhbatni Ilyos Safarov olib bordi.
Tasvirçi – Mirvohid Mirrahimov,
Montaj ustasi – Abduqodir Tölqinov.