Gurjistondan Samarqandga töğridan töğri reyslar yölga qöyilişi rejalaştirilmoqda, deb xabar qildi Özbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati.
Transport vazirligi rahbari Ilhom Mahkamov Gurjiston boş vaziri örinbosari — iqtisodiyot va barqaror rivojlaniş vaziri Levan Davitaşvili bilan ikki davlat örtasidagi transport-logistika aloqalarini rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi.
Tomonlar, xususan, Özbekiston va Gurjiston örtasida muntazam aviaqatnovlar sonini köpaytiriş, yangi yönalişlarga aviaqatnovlar yölga qöyiş yuzasidan fikr almaşdi.
Ilhom Mahkamov Gurjiston tomonining Gurjistondan Samarqandga havo qatnovini taşkil etiş taklifini qöllab-quvvatladi.
Levan Davitaşvili özbekistonlik tadbirkorlarga Gurjistonning Qora dengiz sohillarida port va terminallar qurişda yordam berişga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar, şuningdek, xalqaro taşişlar uçun ruxsatnoma blankalarini ayirboşlaş hajmini oşirişga kelişib oldi.
2022 yilda Gurjistonning Poti va Batumi portlari orqali Özbekistonning eksport-import yuk taşiş hajmi 864 ming tonnani taşkil etgan. Bu körsatkiç 2021 yilga (503 ming tonna) nisbatan 72 foizga köpdir.













