LION TRANS GROUP kompaniyasi mutaxassislari tomonidan KAIROS SYSTEM korxonasi bilan hamkorlikda “O‘zavtoyo‘l” AJ bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilgan A-373 Andijon-O‘sh avtomobil yo‘lida ishga tushirilgan harakatdagi transport vositalarini tortish uchun avtomatik o‘lchov va vaznni boshqarish tizimi tajriba loyihasi buni isbotladi.

Haddan tashqari og‘ir yukli avtomobillar yo‘llarning yomon holatga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunday yuk mashinasining bir o‘zi 50 000 ta yengil avtomobil kabi yo‘l yuzasiga ta’sir qiladi.

 

O‘zbekistonda ilk marotaba LION TRANS GROUP kompaniyasi KAIROS SYSTEM kompaniyasi bilan hamkorlikda WIM tizimini to‘liq siklda – uskunani jihozlash va yetkazib berishdan to respublikaning amaldagi standartlariga mos ravishda to‘liq ishga tushirishgacha bo‘lgan murakkab yo‘ldan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.

WIM – dinamik avtomobil tortish tizimlari

WIM pilot loyihasi eng zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda o‘lcham va vaznni nazorat qilishning to‘liq boshqaruvini rivojlantirish yo‘lida ilk qadamdir. Ushbu yo‘nalish O‘zbekiston respublikasining yo‘l infratuzilmasini saqlab qolish va respublikada yuk tashish qoidalari, qurilish me’yorlari va tartiblarini qayta ko‘rib chiqish uchun katta ma’lumotlar bazasini ham beradi.

Mazkur loyiha mahalliy kompaniyaga WIM uskunalarini ishlab chiqarish va joriy etishga ixtisoslashgan jahon kompaniyalarining bebaho tajribasini o‘zlashtirish va O‘zbekistonda har qanday texnik murakkablikdagi uskunalar bilan ishlay oladigan tajribali mutaxassislar mavjudligini namoyon qilish imkonini berdi.

Yuqori texnologiyali uskunalarni yetkazib berish va qo‘llab-quvvatlash IPCOMROADS s.r.o kompaniyalar guruhi tomonidan amalga oshirildi. Bugungi kunda kompaniya MDH mamlakatlari va Yevropadagi WIM stansiyalarining eng yirik integratorlari va quruvchilaridan biri bo‘lib, 2020-2022 yillarda 40 dan ortiq WIM – dinamik avtomobil vaznini o‘lchash tizimlari kompleksini qurdi, shuningdek, ko‘priklar va yo‘l meteostansiyalarida WIM tizimini yo‘lga qo‘yib, foydalanishga topshirdi.

LION TRANS GROUP kompaniyasi harakatlanayotgan avtomobillar uchun Weigh-in-Motion dinamik tortish tizimlarini joriy qilish bo‘yicha butun jarayonni yo‘lga qo‘yadi. Masalan: loyihalash, yetkazib berish, jihozlarni o‘rnatish va WAGAWIM tizimlarini ishga tushirish, ularni texnik qo‘llab-quvvatlashni o‘z zimmasiga oladi.