Xitoyda mavjud dunyo onlayn xaritalaridan Isroil nomi yöqoldi. Buni xitoylik internet foydalanuvçilari payqadi, deb yozdi The Wall Street Journal. 

Xususan, Xitoyning Baidu qidiruv tizimi xaritalarida va Alibaba kompaniyasining Amap onlayn-xaritalarida Isroil yöqolib qolgan. 

Qayd qilinişiça, Isroilning xalqaro miqyosda tan olingan çegaralari daxlsiz qolgan, faqat nomi yöqolgan. Şu bilan birga, boşqa barça davlatlar nomi, şu jumladan Lyuksemburg yoki Monako kabi mitti davlatlar nomi hali ham töğri körsatilgan. 

WSJ naşrining ta’kidlaşiça, bu özgarişlar «Pekinning mintaqadagi noaniq diplomatiyasiga mos keladi». 

Avvalroq, BMT Boş Assambleyasi Ğazo sektoridagi «uruşni tugatiş» uçun «zudlik bilan öt oçişni töxtatiş»ga çaqiruvçi rezolyutsiyani köpçilik ovoz bilan ma’qulladi. Uni 120 davlat, jumladan Xitoy ham yoqladi, 14 davlat qarşi çiqdi, 45 davlat betaraf qoldi.