4 noyabr kuni tarmoqlarda Toşkent xalqaro aeroportida samolyotlarni suratga olayotgan 6 nafar bola IIO xodimlari tomonidan uşlangani aks etgan surat va videolar tarqaldi. Jarayonda yoş spotterlarning texnika jihozlari olib qöyilgani, huquq-tartibot idoralari xodimlarining qöpol munosabatlariga uçrab, alohida avtomobillarda olib ketilgani xabar qilindi. 

Bolalardan birining Gazeta.uz'ga ma’lum qilişiça, ular spotting böyiça rasmiy tadbirda qatnaşayotgan bölgan, ammo şunga qaramay, IIO xodimlari ularni “Qumariq” MFY binosiga olib borib, barça suratga oliş jihozlarini olib qöyişgan. Bolalarga baqirib, tahdid qilib, haqoratomuz sözlarni işlatgan. 

Holat yuzasidan “Uzbekistan Airports” munosabat bildirdi. Unga köra, voqea haqiqatan Sergeli tumanidagi Qumariq mahallasi hududida sodir bölgan. Bolalar havo bandargohi çegaralarini buzmagan holda Toşkent xalqaro aeroporti panjarasi ortida turib samolyotlarni suratga olgan.

“Öz navbatida, Uzbekistan Airports Özbekistondagi spotting harakatini qöllab-quvvatlaydi va yoş avlodning uşbu hobbi bilan şuğullanişiga tösqinlik qilmaydi. Yil boşidan buyon Toşkent aeroporti hududida 30 ga yaqin rejali va rejadan taşqari spotting-turlar taşkil etildi. Şuningdek, joriy yilning 14 oktyabr kuni bölib ötgan rejali kuzgi spottingda 6 yoşdan 15 yoşgaça bölgan 12 nafar bolalar qatnaşganini ham alohida ta’kidlaş lozim”, – deyiladi rasmiy xabarda. 

Kompaniyaning eslatişiça, 2022 yil 26 yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Aviaspottingni rivojlantiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan, Özbekistonda spotting harakati rasman qonuniylaştirilgan.