Livandagi «Hizbulloh» harakati yetakçisi Hasan Nasrulloh bayonot bilan çiqiş qildi — bu uning Isroil va HAMAS örtasida uruş boşlangan 7 oktyabrdan buyon ilk bayonoti böldi. U «HAMASdagi birodarlar»ning harakatlarini olqişladi, şu bilan birga guruh Isroilga hujum qilişdan oldin öz rejalarini «Hizbulloh» bilan bölişmagani va bu «100 foizga falastinlarning özining operatsiyasi» bölganini ta’kidladi.

Ayrim tahlilçilar Nasrulloh özining oldindan şov-şuv bilan anons qilingan çiqişida Livan hududidan turib Isroilga qarşi keng kölamli harbiy harakatlar boşlanişi haqida e’lon qilişini kutgandi, ammo u bunday qilmadi. U «Hizbulloh» HAMASning Isroilga qarşi uruşiga 8 oktyabr kuni, uruş boşlangan kunning ertasigayoq qöşilganini aytdi.

Hasan Nasrulloh yana nimalar dedi?

Livandagi radikal guruh rahbari HAMASni maqtagan va Ğazodagi uruş uçun mas’uliyatni AQŞ zimmasiga yuklab, Isroilni «şunçaki qatl quroli» deb atagan.

Qöşma Ştatlar «öt oçişni va tajovuzni töxtatiş»ga qarşilik körsatmoqda, deya qöşimça qilgan Nasrulloh.

«Uşbu şonli, keng kölamli amaliyot xavfsizlik, harbiy işlar, siyosat, diplomatiya va hatto psixologik jihatdan zilzila keltirib çiqardi, - degan Hasan Nasrulloh. - U çuqur strategik oqibatlarga ega böladi».

«Hizbulloh» yetakçisi «Ğazo sektoridagi şahidlarning oilalari»ga hamdardlik bildirgan va Yaman va Iroqdagi HAMASning Isroilga qarşi uruşiga qöşilganini e’lon qilgan guruhlarning harakatlarini olqişlagan.

Nasrulloh «Hizbulloh» jangni 8 oktyabr kuni, HAMAS kutilmaganda Isroilga hujum qilganining ertasiga boşlaganini bildirgan.

U Livan çegarasi böylab isroillik kuçlar bilan har kungi otişmalarni «1948 yildan buyon misli körilmagan» deb atagan.

«Çegarada bölayotgan voqealar kamtarona körinişi mumkin, ammo u juda muhim ahamiyatga ega.

Biz har kuni isroillik askarlar, tanklar va dronlarga hujum qilmoqdamiz. Biz haqiqiy janglarga qöşilganmiz. Şahidlarimiz ham — 57 nafar — buni tasdiqlaydi, — degan Nasrulloh. — Bizning çegaradagi amaliyotimiz Isroil armiyasini Ğazo va Ğarbiy sohildan kuçlar va qurollarni Livan frontiga taşlaşga majbur qiladi».

U şuningdek neft eksport qiluvçi arab mamlakatlarini Isroilga mahsulot yetkazib berişni töxtatişga çaqirgan. 

«Qoralaş töğrisidagi bayonotlar yetarli emas, duşman tuzilmasi bilan munosabatlarni uziş va uşbu tuzilmaga neft va boşqa mahsulotlar yetkazib berişni töxtatiş kerak.