2028–2029 yillarda Markaziy Osiyo doimiy va barqaror suv tanqisligiga duç keladi. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) xabar berdi.
YeOTB boşqaruvi raisi Nikolay Podguzov sözlariga köra, Markaziy Osiyo mamlakatlari beş yildan söng suv tanqisligi va elektr energiyasiga bölgan talabning oşişiga duç keladi.
Kelgusi 10 yil içida Markaziy Osiyoda elektr energiyasiga talab sezilarli darajada oşişi kutilmoqda. 2035 yilgaça bölgan davrda mavjud gidroelektr stansiyalarni modernizatsiya qiliş va yangilarini quriş hisobiga hududdagi gidroelektr stansiyalar quvvatini 8900 MVt qiliş rejalaştirilgan. Mintaqada amalga oşirilayotgan eng yirik yangi loyihalar qatoriga Qirğizistonda quvvati 1860 MVt bölgan Qambar-Ota-1 GES va Tojikistonda 3600 MVt quvvatga ega Roğun GES qurilişi kiradi.
«Hisob-kitoblarimizga köra, Markaziy Osiyo dunyodagi gidroenergetika salohiyatining 25 foizdan kamroği rivojlangan sanoqli hududlardan biridir. Ayni paytda hududda 80 dan ortiq GES mavjud bölib, ularning umumiy quvvati qariyb 14 ming MVt», dedi Nikolay Podguzov.
Bank yaqin 3 yilda Markaziy Osiyo suv-energetika kompleksini rivojlantirişga 400 million dollardan ortiq sarmoya kiritişi mumkin.
Joriy yilda YeOTB Qirğizistonda 100 MVt quvvatga ega Qulonoq GES qurilişini moliyalaştirişni boşladi va boşqa gidroenergetika loyihalarini, jumladan Qambar-Ota-1 GES va Roğun GES qurilişini moliyalaştiriş böyiça muzokara olib bormoqda.









