Özbekiston Markaziy banki “Banklarni sanatsiya qiliş va tugatiş töğrisida”gi yangi qonun loyihasini işlab çiqib, jamoatçilik muhokamasi uçun e’lon qildi. Muhokama 31 oktabr kuni yakunlandi.

Banklarni sanatsiya qiliş tartibi – Özbekiston bank-moliya tizimi uçun yangi tartib. Loyihada sanatsiya qiluvçi organ va sanatsiya bilan boğliq xarajatlarni qoplaş manbalari, sanatsiya qilinadigan bankka likvidlilikni taqdim etiş şartlari oydinlaştirilgan. Sanatsiya qiliş asoslari aniqlaştirilib, vositalar körsatib ötilgan. U Jahon banki ekspertlari bilan birga işlab çiqilgan.

Markaziy bank department direktori örinbosari Alauddin Arifxanov bu borada Kun.uz muxbirining savollariga javob berdi.

– Banklarni sanatsiya qiliş deganda nima tuşuniladi?

– Oddiy tilda tuşuntirsam, banklarni sanatsiya qiliş deganda tizimda ahamiyatga molik bank tölovga qobiliyatsiz bölib qolsa (ya’ni inqiroz yoqasiga kelsa), Markaziy bankning öşa bankni tiklaşga qaratilgan harakati tuşuniladi. Ya’ni avvaliga bankni qayta tiklaş uçun bir qator instrumentlar qöllaniladi, ammo bankni tiklaşning iloji bölmasa, mamlakat moliyaviy barqarorligiga ta’sir körsatmagan holda minimal zarar bilan tugatib yuboriladi.

Alauddin Arifxanov

– Nima uçun banklarni sanatsiya qiliş kerak?

– Masalan, siz uçuvçisiz, favqulodda holatlarda qanday yöl tutiş kerakligi haqida sizda yöriqnoma bor va şunga qarab muayyan inqirozli vaziyatlarda qaror qabul qilasiz. Banklarni sanatsiya qiliş tartibini ham şunday tuşunsak böladi. Bu qandaydir inqiroz yaqinlaşib kelayotganini anglatmaydi, balki bu har qanday inqirozli vaziyatlar uçun yöriqnomaga ega böliş zaruriyati ekanini tuşunişimiz kerak.

Banklar hozir normal va soğlom holatda bölsa-da, inqirozli vaziyatlarda hozir işlab çiqilgan tartib (buni reja deb atasak ham böladi) böyiça ketiladi.

Joriy yildagi Şvetsariyaning eng yirik banklaridan biri Credit Suisse inqirozini eslang. Hukumat bankning inqirozi butun moliya tizimiga tarqalişining oldini oliş uçun vaziyatga aralaşdi va bank Şveytsariyaning yana bir yirik banki UBS'ga 3 milliard frankka sotildi