Bugun, 7 noyabr tongida Toşkent atmosfera havosining ifloslangani böyiça dunyoning yirik şaharlari orasida 5-örinni egalladi. Bu boradagi onlayn indeksni IQAir portalida köriş mumkin.
IQAir portaliga köra, soat 7:00 atrofida Toşkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 100 mkg/m3ni taşkil etgan – bu “zararli” tasnifidagi körsatkiç hisoblanadi.

Reytingda 1-örinni Pokistonning Lahor şahri egalladi - PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 347 mkg/m3. Hindistonning Dehli şahri 2-poğonada - 342 mkg/m3. Uçlikka Hindistonning Kalkutta şahri yakun yasadi - 222 mkg/m3.
Bangladeş poytaxti Dakka törtinçi örinni egallagan bölsa (188 mkg/m3), Özbekiston poytaxti Toşkent beşinçi poğonadan joy oldi (174 mkg/m3).
Şuningdek, reytingda dastlabki önlikdan Hindistonning Mumbay, Pokistonning Karaçi, Iroqning Bağdod, Vetnamning Xoşimin va Indoneziyaning Jakarta şaharlari örin oldi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga köra, havo ifloslanişi körsatkiçlari orasida salomatlik uçun eng katta xavf tuğdiradigani aynan PM-2,5 dispers zarralaridir.











