Bozordan kerakli, sifatli va işonçli mahsulotni qidiriş, topiş muammosiga barham berişni istaganlar talaygina. Köngildagi mahsulotni esa har bir sotuvçiga tuşuntirib beriş qiyin. FLYMART ana şu muammoga yeçimni öylab topgan.

FLYMART - bu turli xil iste’molçilar ehtiyojlari uçun keng turdagi tovarlar va xizmatlarni taklif qiluvçi yangi onlayn savdo platformasi. Unda barça mahsulotlar: kiyim-keçak, poyabzal, elektronika, uy-rözğor buyumlari, sport tovarlari, gözallik va salomatlik, avtomaşinalar va boşqalar taqdim etiladi. Xöş, bu qanday bozor?

Qulay foydalaniş

FLYMART platformasi mijozlar uçun oddiylik va foydalaniş qulayligiga qaratilgan holda işlab çiqilgan. Intuitiv interfeys mahsulotlarni qidiriş va sotib olişni osonlaştiradi. Ya’ni siz xarid qilişni istagan, sizni qiziqtirgan mahsulotni körsatadi.

Ilovada xavfsiz onlayn tölovlar kafolatlanadi, bu esa foydalanuvçilar uçun moliyaviy operatsiyalarning xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlaydi. Platforma işonçli sotuvçilar va brendlar mahsulotlarini taqdim etişga intiladi, bu esa yuqori sifatli mahsulot va xizmatlarni ta’minlaydi. Mijozlarga mahsulotlarning tafsilotlari yuzasidan izohlar qoldiriş imkoniyati yaratilgan.

Sodiqlik dasturlari va aksiyalari: FLYMART doimiy mijozlar uçun turli sodiqlik dasturlari, çegirmalar va aksiyalar taklif etadi, bu esa foydalanuvçilarni jalb qiliş va saqlab qolişga yordam beradi.

Biznes uçun kerakli maydon

Yangi avlod onlayn bozorida savdo qilişni istaganlar uçun ham keng imkoniyatlar yaratilgan. Masalan, öz mahsulotlarini dökonda sotiş uçun ijara tölovi haqida qayğuriş, ularni qayerda saqlaşni öylaş, yoki ommaga qanday taqdim etişni öylayotgan tadbirkorlar FLYMART bilan barçasiga ega bölişi mumkin.

- Mahsulotlarni saqlaş uçun bepul omborxona;

- FBS sxemasiga muvofiq işlaş uçun Billz, Woocommerce va OpenCart bilan integratsiya;

- Mahsulotlarni xaridorga taniştiriş uçun bepul fotostudiya xizmati mavjud.

Yangi marketpleys FBS (Fulfillment by Seller) tizimi asosida iş yuritadi. Ya’ni sotuvçining omborxonasi orqali işlanadi. Buning uçun mahsulotni kötarib, masofa bosib, vaqt sarflab u yerga boriş şart emas. Şaxsiy kabinet orqali röyxatdan ötib, öz mahsulotlarini bemalol sotiş mumkin. Sotuvning holati haqidagi ma’lumotlar yangilanib, körinib turadi. Bu tadbirkor yoki işlab çiqaruvçi uçun yengillik yaratadi.