Köp kuzatamiz, aksariyat haydovçilar oddiygina yöl harakati qoidalariga amal qilişmaydi: taqiqlangan joyda töxtaşadi, burilişlarda qayriliş çiroqlarini yoqişmaydi, yöl söraş etikasiga amal qilişmaydi. Bekatlarda avtobus yölini tösib turib olişadi.

Haydovçilar ham, ayrim yölovçilar ham özaro hurmat tamoyillarini çetlab ötişganiga köp guvoh bölamiz.

Albatta, bugungi kunda avtomobillarning köpayib borayotgani iqtisodiy ösişdan dalolat bersa, şu bilan parallel ravişda avtohalokatlar sonining ham ortib borayotgani öyga toldirmasdan qolmaydi. Avvallari, avtohalokatlar haqidagi xabarlar ahyon-ahyondagina quloğimizga çalinib qolar edi.

Endilikda bu kabi voqea-hodisalar har kuni bot-bot ijtimoiy tarmoqlarda “aylanadi”. Eng açinarlisi, ularga quloqlarimiz “örganib”, odatiy hol sifatida qabul qila boşladik.

Yölda avtomobilda yuriş – kollektiv madaniyatni, kollektiv muloqot va özaro hamkorlikni talab qiladi. Bizni madaniyatimiz – özaro işonçsizlik, raqobat va kimözarga öynaş, “boşqalarni yutiş”ga moyil...

Qoidabuzarliklar uçun jazo muqarrar bölişini ta’minlaş, jarima ballari tizimini tezroq işga tuşiriş, TV kanallarda yöl qoidasi böyiça maxsus dasturlar qiliş, keç bölganda (bolalar uxlaganda) yöl harakati halokatlarini körsatib boriş kerak.

Jamiyatning madaniyati – siyosatning asosi, platformasi hisoblanadi. Oddiy yölda şunça köp halokat bölişi, siyosiy madaniyatimiz ham yuqori emasligini bildiradi. Avtohalokatlar sonining köpligi – jamiyat uçun odatiy, standart holat bölib qabul qilinmasligi lozim. Jiddiy milliy bezovtalik körsatiş kerak!

Kamoliddin Rabbimov,
siyosiy tahlilçi