Özbekistonda özini özi band qiladigan şaxslar uçun faoliyat (işlar, xizmatlar) turlari röyxati kengaytirildi.

11 noyabr kungi 193-sonli prezident farmoniga asosan, röyxatga quyidagi 19 ta faoliyat turi qöşildi:

  • qayta işlangan jundan kiyimlar va boşqa buyumlar töqiş;
  • uy şaroitida loydan tandir tayyorlaş;
  • atlas va adras töqiş;
  • mayda munçoq (biser) tikiş;
  • döppidözlik mahsulotlarini uy şaroitida tayyorlaş;
  • temirçilik mahsulotlarini uy şaroitida tayyorlaş;
  • asalariçilik, şuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasaş;
  • quroqçilik usulida köylak, körpa va yopinçiqlar tikiş;
  • qöziqorinlarni teriş, uy şaroitlarida yetiştiriş va sotiş;
  • piçoq tayyorlaş, çarxlaş va sotiş;
  • qoğozdan qutilar, banderollar tayyorlaş;
  • uy şaroitida issiqxona mahsulotlarini yetiştiriş;
  • tayyor mahsulotga etiketka biriktiriş;
  • uy şaroitida bolalar öyinçoği işlab çiqariş;
  • uy şaroitida supurgi yetiştiriş va tayyorlaş;
  • yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlaş;
  • milliy taqinçoqlar yasaş;
  • kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy şaroitida tayyorlaş;
  • dağal jundan gilam, körpa va yostiq tayyorlaş.

Şu tariqa, özini özi band qiladigan şaxslar uçun faoliyat turlari röyxati 101 ta bandga yetdi.

Röyxatga kiritilgan faoliyat turlari bilan şuğullanuvçi jismoniy şaxslar Soliq ilovasida özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötib, qonuniy işlaşi mumkin. Ular daromad soliğidan ozod etilgan, faqat 1 yil uçun 1 BHM – 330 ming söm miqdorida ijtimoiy soliq tölaşlari lozim.

2024 yildan e’tiboran yillik daromadi 100 mln sömdan oşgan özini özi band qilgan şaxslarni yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi 4 foizlik soliqqa tortiş rejalaştirilmoqda.