Surxondaryo viloyati, Qumqörğon tumani, «Töda» mahallasidagi hokim yordamçisi tadbirkorlik faoliyati doirasida özgalar nomiga kredit rasmiylaştirgani ma’lum böldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, hokim yordamçisi tadbirkorlik faoliyati bilan ham şuğullangan va özi ta’sis qilgan «Volunteer team» korxonasida bir qança fuqarolarni aldab, elektron imzolarini qölga kiritib, nomiga issiqxona faoliyati taşkil etiş uçun 4 marotaba 33 mln sömdan, jami 132 mln söm kredit ajratilişiga erişgan. Söngra pullarni özi rahbarlik qilayotgan jamiyat hisobiga tuşirib, ehtiyojlariga işlatib yuborgan.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi, «b, v» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Qayd qilinişiça, u 31 oktyabr kuni hokim yordamçisi lavozimidan ozod qilingan.












