Prezident Şavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida bölib, “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz-kimyo majmuasi qurilişi bilan tanişdi.

Surhan Gas Chemical Operating Company xorijiy korxonasi tomonidan amalga oşirilayotgan uşbu loyihaning qiymati 2,9 milliard dollar. Majmua yiliga 5 milliard metr kub gazni qazib çiqariş va qayta işlaş quvvatiga ega böladi. Hozirgaça konni özlaştirişga 1 milliard 450 million dollarlik investitsiya kiritilib, 20 ta quduqda burğilaş işlari yakunlangan. 11 ta gaz quduği sinovdan muvaffaqiyatli ötgan. Poydevor işlari va metall konstruksiyalar quriş qariyb yakunlanib qolgan.

Zavodning loyihalari va qurilişi Shell kompaniyasining litsenziyalangan texnologiyalari asosida olib borilmoqda. U eng ilğor ekologik talablarga mos bölib, işlab çiqarişdagi zararli çiqindilarni 99 foiz zararsizlantiriş imkoniyatiga ega. Bunday uskunalar MDH davlatlari içida birinçi bor uşbu zavodga örnatilmoqda.

Zavod elektr energiyani ham özi generatsiya qiladi, ham tuman aholisiga yetkazib beradi.

Davlat rahbari şu yerda geologik qidiruv va seysmik tadqiqot işlari yakunlari bilan tanişdi. Investorlar, konni özlaştirişda qatnaşayotgan mutaxassis va quruvçilar bilan suhbatlaşdi.

– Asosiy maqsad gazni xomaşyo holatida sotiş emas, uni qayta işlab, qöşimça qiymatli mahsulotlar oliş bölişi lozim. Investitsiya tez vaqtlarda özini oqlab, zavod raqobatbardoş bölişi uçun oxirgi mahsulot sifatli va yuqori daromadli bölişiga erişiş kerak, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Bu böyiça qaror işlab çiqiş vazifasi qöyildi.

Majmua Boysun şahridan 20 kilometr uzoqda joylaşgan. Ayni paytda uning qurilişida 7 mingdan ortiq kişi, maxsus texnikalar işlamoqda. Loyihaning birinçi bosqiçi kelgusi yil may oyida işga tuşiriladi, 2025 yilda töla quvvatga çiqadi. 

Zavod respublikadagi sakkizinçi gaz-kimyo majmuasi, Surxondaryodagi eng yirik sanoat korxonalaridan biri böladi. Unda 1050 kişi yuqori daromadli iş bilan ta’minlanadi. 

- Boysunliklar öz tumanida şunday ulkan zavod qurilgani, minglab yangi iş örinlari paydo bölganini sezişi kerak. Endi bu majmua atrofida turdoş sohalarni rivojlantiriş lozim, - dedi prezident.