Joriy yilning 6-12 noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Vonju şahrida ötkazilgan bodybilding va fitnes böyiça 14-jahon çempionatida 50 dan oşiq davlatlar va 600 dan ziyod iştirokçilar qatnaşdi.
Şu jumladan, bodybilding ustasi yönalişida 21 ta raqib orasida hamyurtimiz, Xon Saroy jamoasi a’zosi Baxşulla Sayfullayev ham iştirok etib, birinçilikni qölga kiritdi.

Xon Saroy quriliş kompaniyasi tomonidan Baxşulla Sayfullayevga jahon çempioni unvonini qölga kiritgani munosabati bilan sovğa sifatida 4 xonali xonadon taqdim etildi.

Ta’kidlab ötiş joizki, yurtimiz sportçilari ustozi Baxşulla Sayfullayev 1-7 sentabr kunlari Nepalning Katmandu şahrida ötkazilgan bodybilding va fitness böyiça 55-Osiyo çempionatida ham iştirok etib, oltin va bronza medallarini qölga kiritgan va uşbu yutuği uçun Xon Saroy quriliş kompaniyasi tomonidan Tracker 2 avtomobili sovğa qilingan edi.

Baxşulla Sayfullayev bugungi kunda köplab sportçilarimizning murabbiyi bölibgina qolmay, mamlakatimizda sport va soğlom turmuş tarzini tarğib etişga katta hissa qöşayotgan hamyurtlarimizdan biri hisoblanadi. Misol tariqasida, Xon Saroy quriliş kompaniyasi hamkorligida taşkil etilgan va efirga uzatilgan “Irodam kuçli” televizion loyihasini ta’kidlab ötiş lozim.

Uşbu loyiha minglab hamyurtlarimiz ortiqça vazndan xalos bölişlariga, soğlom turmuş tarziga rioya qilişni boşlaşlariga sabab bölgani mubolağa emas
Xon Saroy kompaniyasi öz faoliyatini Navoiy viloyatida boşlagan bölib, hozirgi kunda poytaxtimizda eng işonçli quriliş kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kungaça 6 ta loyiha öz egalariga topşirilib, yana 7 ta loyiha ustida iş olib borilmoqda. Kompaniya nafaqat quriliş orqali balki madaniyat va sportni qöllab-quvvatlaş orqali jamiyatimiz rivojiga öz hissasini qöşib kelmoqda.
Reklama huquqi asosida











