Xon Saroy’ning “Bahor Residence” turar joy majmuasini qurayotgan MÇJ mansabdorlari va boşqalarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, Boş prokuraturaning Öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş boşqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilgani ma’lum böldi. Iş ayni paytda jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudida körilmoqda.
Sud majlislari jadvaliga köra, sudlanuvçilar röyxatida 6 kişining ismi keltirilgan. Ular orasida “Bahor Residence” MÇJ ta’sisçisi (12,50 foiz uluş) va rahbari 39 yoşli Ahmedov Xurşid Jöraboyeviç ham bor.
“Bahor Residence” MÇJ Xon Saroy’ning “Bahor Residence” loyihasi quruvçisi hisoblanadi. Investorlar bilan tuzilgan şartnomalarda “Xonsaroy Group” MÇJ “Bahor Residence” MÇJning qonuniy tijoriy vakili sifatida körsatilgan.
Xurşid Ahmedov Jinoyat kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilişda ayblanmoqda:
- 168-moddasi 4-qismi “a” bandi – juda köp miqdorda firibgarlik;
- 192-11-moddasi 2-qismi “a” bandi – nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste’mol qiliş;
- 205-moddasi 2-qismi “a” bandi – hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş;
- 209-moddasi 2-qismi “a” bandi – mansab soxtakorligi;
- 243-moddasi – jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş.
Şuningdek, iş doirasida Ahmadjonov Anvar Erkin öğli, Azimov Ğulom Vohidjonoviç, Şarobiddinov Şahriddin Şarobiddin öğli, Xöjaqulov Xurşid Töraxonoviç, Xudoynazarov Aziz Olimjonoviç sud qilinmoqda. Jinoyat işida 70 kişi jabrlanuvçi sifatida keltirilgan.
2025 yil noyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda Xon Saroy kompaniyasining quriliş loyihalaridan bir neçtasiga nisbatan taftiş boşlangani haqida xabarlar tarqalgandi. Kun.uz suhbatlaşgan kompaniya mijozlari tergovni Boş prokuraturaning Öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş boşqarmasi olib borayotgani haqida gapirgandi. Boş prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ning sörovlariga javob bermagan edi.
Kun.uz vaziyat haqida izoh sörab, 2025 yil 27 noyabr kuni Xon Saroy kompaniyasiga rasmiy sörov ham yuborgan. Ammo uşbu xat javobsiz qoldirilgan.
Sud organlaridagi manbaning tasdiqlaşiça, sudlanayotganlarning barçasi ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.
Kun.uz örgangan firmaga aloqador hujjatga köra, Toşkent şahar prokurorining arizasi böyiça Toşkent tumanlararo ma’muriy sudida “Bahor Residence” turar joy majmuasiga nisbatan berilgan qurilişga oid hujjatlarni haqiqiy emas deb topiş yuzasidan iş mavjud. Prokuror arizasida suddan Yaşnobod tumani, Yoş avlod mahallasi, Uysozlar 2-tor köçasi, 39-uy (“Bahor Residence” TJM qurilayotgan) manzilidagi köçmas mulkni qayta ixtisoslaştiriş va rekonstruksiya qiliş Toşkent şahar hududiy arxitektura-şaharsozlik kengaş yiğilişining loyiha-smeta hujjatlarini kelişiş böyiça 2024 yil 6 noyabrdagi xulosani haqiqiy emas deb topiş söralgan.













