Xon Saroy quriliş kompaniyasi özining yana bir yangi “Orzular” loyihasidan 4ta blokdagi xonadonlarni öz egalariga topşirdi. Kalit topşiriş marosimi nafaqat yangi manzilga qadam qöyiş, balki yangi hayotga intiluvçi har bir oila uçun muhim va quvonçli lahza böldi.
29 sentabr kuni Xon saroy quriliş kompaniyasining Toşkent şahri Yunusobod tumanida joylaşgan “Orzular” turar joy majmuasida yangi xonadon egalari uçun maxsus kalit torşiriş marosimi bölib ötdi. Bu marosimda uy egalari, kompaniya va quriliş loyihasi jamoasi iştirok etdi.
“Orzular” majmuasi 1 468 ta zamonaviy, xonadonlarga bölingan uylarni öz içiga oladi. Har bir xonadon keng balkon, zamonaviy liftlar, 24/7 qöriqlaş xizmati va kuzatuv kameralari bilan jihozlangan bölib, uy egalariga töliq qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi.
Majmuaning infratuzilmasi juda ham köp jihatdan afzallikka ega: bolalar uçun öyin maydonçalari, dam oliş uçun maxsus eko-hududlar, şuningdek, avtoturargoh va qulay joylaşuv bilan kundalik hayotingizni yengillaştiradi.
Xon saroy kompaniyasi rahbariyati uylarni topşiriş bilan çeklanmay, majmuani tozalik va tartibda uşlaş uçun mas’uliyatni ham öz zimmasiga olganini ta’kidladi.
Loyiha qurilişi 2026 yilning 4-çoragida töliq yakunlanişi rejalaştirilgan bölib, yangi uylar öz egalariga zamonaviy, qulay va xavfsiz muhitni taqdim etadi.
Bugungi kunga kelib, Xon saroy umumiy 12 ta loyihani öz egalariga topşirgan, Toşkent - 9 ta, Navoiy - 3 ta. Har bir loyiha “Xon saroy” jamoasining puxta yondaşuvi, detallarga bölgan e’tibori va insonlar hayotini yanada farovon qiliş istagini aks ettiradi. Şu bilan birga, bugungi kunda yana 10 ta yangi obektning quriliş işlari faol ravişda olib borilmoqda. Bu loyihalar ham zamonaviy arxitektura, işonçli infratuzilma va barça xavfsizlik standartlariga töliq javob berişi bilan ajralib turadi. Kompaniya öz loyihalarini belgilangan vaqtda qurib bitkazişi, xonadonlar egalariga kalitlarni topşirişda va’dalariga sodiq. Har bir loyiha belgilangan muddatda, aniq reja asosida topşiriladi.











