2023 yil qişi Özbekistonda juda sovuq keldi. Yanvar, fevral oylarida kuzatilgan anomal sovuq mamlakat uçun qanday muammolarni keltirib çiqarganini özbekistonliklar hali unutgani yöq. Xöş, bu safargi qiş-çi, u qanday bölişi kutilmoqda? Kun.uz muxbiri şu savol bilan iqlimşunos Erkin Abdulahatovga yuzlandi.

— Erkin aka, 2023 yil yakuni va 2024 yil boşi bilan Özbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda. Uzoq muddatli prognozlar bu haqda nimalarni körsatmoqda?

— Sönggi yillarda iqlim özgarişi oqibatida havo harorati kötarilişi barça mintaqalarda kuzatilyapti, bizning mintaqada esa köproq.

Prognozlar tuzişda oldingi davrdagi kuzatuvlar natijalariga tayanamiz. Bu yilgi qiş iliqroq bölişi kutilyapti. Joriy yil yanvar oyida harorat kötarilişi Tinç okeanida suv sathi kötarilişi davri bilan boğliq böladi.

Bu yil şimoliy yarimşardagi barça hududlarda iliqroq qiş bölişi prognoz qilinyapti. Aprel oyining örtalarida Tinç okeanida suv sathi kötarilişining iqlimga ta’siri saqlanib turişi aytilyapti. 2016 yildagi suv sathi kötarilişida ham mana şunday issiq havo bölgan edi.

Erkin Abdulahatov

Dekabr oyi sönggi 30 yildagi körsatkiçlardan 1-1,5 daraja issiqroq bölişi kutilyapti. Umuman, ötgan mavsumdagi kabi sovuq ob-havo kutilmayapti. Bu yil noyabr oyi ham issiq bölganini körişimiz mumkin, ötgan yillarda eng sovuq oylardan bölardi. Skandinaviyadagi sovuq oqim bizga sezilişi kerak edi, lekin issiq havo oqimlari köpligi uçun bu oqim bizga yetib kelmayapti. Dekabr oyi ham şunga köra, nisbatan iliqroq bölişi mumkin. Yanvar va fevral oylari haqida aniq tahlillar berib bölmaydi. Hali qutbdagi sovuq havo oqimi kirib keliş ehtimoli bor. Agar sovuq havo kirib kelsa, şimoliy hududlarimizda -17…-20 daraja, boşqa hududlarimizda -7…-10 daraja sovuq bölişi mumkin.

— Havoning iliqroq bölişini istaymiz-u, lekin juda quruq iqlimga ega, suv muammolari bor mintaqa uçun yoğingarçilik ham juda muhim. Xöş, yoğingarçiliklar-çi, qanday böladi?

— Oldingi suv sathi kötarilişi davrlarida qiş-bahor oylarida yoğingarçilik köp bölgan. Daryo oqimlarida ham bu sezilgan. Asosan toğli hududlarda bölsa ham, boşqa hududlargayam ta’siri böladi. Lekin yoz oylari yanada issiq bölgan bunday paytda. Kuz oylarida yoğingarçilik bölmadi, lekin toğlarda şakllanyapti. Bizga hozir yoğingarçilik juda kerak, ayniqsa lalmi yerlar uçun. Dekabr oyida yuqori yoğingarçilik kutilayotgani yöq.