AQŞga Meksika orqali noqonuniy kirmoqçi bölgan Özbekiston fuqarolari endilikda mamlakatga qöyib yuborilmaydi va immigratsiya işi hal bölguniça hibsda saqlanadi. Bu haqda Qöşma Ştatlarning Toşkentdagi elçixonasi xabar berdi.

«AQŞ Qöşma Ştatlarda qoliş uçun qonuniy asosga ega bölmagan Özbekiston fuqarolarini mamlakatdan çiqarib yuboriş masalasi böyiça Özbekiston hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Mamlakatdan çiqarib yuboriş tijorat aviakompaniyalari hamda AQŞ Immigratsiya va bojxona nazorati bilan tuzilgan charter reyslari orqali amalga oşirilmoqda.

AQŞ-Meksika çegarasi orqali AQŞga noqonuniy migratsiya xavfli va qimmatdir. Kontrabandaçilarning yolğon va’dalariga uçmang. Amerika Qöşma Ştatlariga sayohat qiliş uçun xavfsiz va qonuniy vositalardan foydalaning.

AQŞ çegarasini noqonuniy kesib ötgan şaxslar bu mamlakatga kamida beş yil içida qonuniy ravişda qayta kirişlari taqiqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam beradigan oila a’zolari ham viza olişdan butunlay mahrum etilişi mumkin», deyiladi xabarda.

Ma’lumot uçun, sönggi ikki yil içida Özbekistonning 13,6 ming nafar fuqarosi AQŞga Meksika orqali noqonuniy kirişga uringan. Bu boradagi röyxatda 30,8 ming kişi bilan Turkiya va 15,5 ming kişi bilan Mavritaniya yetakçi, Misr va Pokistonni ortda qoldirgan Özbekiston uçinçi örinda qayd etilgan.

Özbekistonlik noqonuniy mehnat muhojirlari asosan «Özbekiston – Turkiya (Ispaniya) – Boliviya – Kolumbiya – Meksika – AQŞ» yönalişi böyiça Qöşma Ştatlariga kirişga harakat qilişgan.