Mazkur hujjat 2024 yil uçun Özbekiston budjetini şakllantiriş va ijro etiş bilan boğliq masalalarni qamrab olgan. Konsolidatsiyalaşgan budjet taqçilligi 2024 yilda yalpi içki mahsulotga nisbatan 4 foiz etib belgilangan bölib, 2025-2026 yillarda bu körsatkiçni 3 foizdan oşirmaslik nazarda tutilmoqda.
Davlat budjetida ijtimoiy sohaga yana bir qator muhim xarajatlar közda tutilmoqda. Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordamlar tölaş uçun 10 trln sömdan ortiq, nogironligi bölgan bolalarni parvarişlayotgan onalarga nafaqalar tölaş uçun 3,6 trln sömdan ortiq, mehnatga layoqatsiz va zarur iş stajiga ega bölmagan fuqarolarga nafaqalar uçun esa 2,5 trln sömdan ortiq mablağ ajratilişi rejalaştirilmoqda.
ÖzXDP fraksiyasi a’zolarining ta’kidlaşiça, uşbu xarajatlar aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş hamda jamiyatda barqarorlikni ta’minlaşda muhim ahamiyatga ega böladi.
Fraksiya a’zolari kun tartibidagi masalalar yuzasidan keltirilgan raqamlar, taqdim etilgan ma’lumotlar, savol-javoblardan kelib çiqib, kelgusi yil uçun davlat budjeti loyihasini qöllab-quvvatladi.








