Yevro-2024 uçun saralaşning asosiy bosqiçi yakunlandi. Murakkab saralaş turnirini tuşuniş, kimlar turnirga töğridan töğri yöllanmalar orqali ötganini sarhisob qiliş va qolgan uç yöllanma uçun pley-offda kimlar kuraş olib borişini körib çiqişning ayni vaqti.

E’tiborli jihati, saralaş turnirida intrigani oxirgi turgaça saqlab turgan, ammo yöllanmani mos ravişda Sloveniya va Italiyaga boy bergan Qozoğiston va Ukraina jamoalari hali ham Yevropa çempionatiga boriş uçun imkoniyatga ega.

Guruh bosqiçi yakunlari

22 noyabr kuni sönggi guruhlarda sönggi öyinlar ötkazib bölingaç, Yevro-2024 turnirining mezbon Germaniyadan taşqari 20 iştirokçisi nomi aniq böldi: Fransiya, Portugaliya, Belgiya, Ispaniya, Şotlandiya, Turkiya, Avstriya, Angliya, Vengriya, Slovakiya, Albaniya, Daniya, Niderlandiya, Şveytsariya, Ruminiya, Serbiya, Italiya, Çexiya, Sloveniya va Xorvatiya.

Guruh bosqiçining eng yaxşi jamoasi Portugaliya böldi – 30 imkoniyatdan 30 oçko töplangan. Boşqa heç kim 22 tadan ortiq oçko jamğara olmagan (guruhlarning köpçiligida jamoalar 6 ta emas, 5 ta bölgani tufayli 8 tadan tur ötkazilgan). Portugallar – urilgan gollar (36) va ötkazilgan gollar soni (2) böyiça ham eng yaxşi natija qayd etgan. Saralaşning eng yomon jamoasi – Gibraltar (0 oçko, 0 gol va 41 ötkazilgan gol).

Saralaşning eng yaxşi töpurari belgiyalik Romelu Lukaku böldi, u 8 öyinda 14 gol urişga erişgan (örtaça 42 daqiqada gol urgan). Undan keyingi örinlarni Kriştianu Ronaldu (10 gol) va Kilian Mbappe (9) band etdi. Eng köp golli uzatmani portugaliyalik Brunu Fernandeş bergan – 10 öyinda 8 pas.

Pley-offda kimlar öynaydi va bu qanday böladi?

Şu tariqa, Yevropa çempionatining 24 iştirokçisidan 21 tasining nomi ma’lum. Qolgan uç yöllanma 2024 yil martida pley-off bosqiçida öynaladi. Uning iştirokçilari Millatlar ligasining 2022/23 yillar mavsumidagi natijalari böyiça taqsimlanadi. Pley-offda 12 örin bor – A, V va S ligalaridagi eng yaxşi törttadan jamoa uçun.

Millatlar ligasi 2022/23 mavsumida kimlar öz guruhlarida ğolib bölgandi?

A liga: Niderlandiya, Xorvatiya, Ispaniya, Italiya;

V liga: Isroil, Bosniya, Serbiya, Şotlandiya;

S liga: Gurjiston, Gretsiya, Turkiya, Qozoğiston.