Hukumat qarori bilan «Avtomototransport vositasini boşqariş huquqini beruvçi işonçnomani elektron şaklda rasmiylaştiriş böyiça davlat xizmatini körsatişning ma’muriy reglamenti» tasdiqlandi.
Unga köra, işonçnomani YaIDXP (my.gov.uz davlat xizmatlari portali) orqali onlayn oliş imkoniyati joriy qilindi. Bunda arizagöy özi va işonçnoma berilayotgan şaxsning biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovçi ID-kartasi hamda JŞŞIR ma’lumotlarini kiritişi lozim böladi.
Davlat xizmati «Notarius» tizimidan foydalangan holda YaIDXP (my.gov.uz) orqali körsatiladi.
Işonçnoma ariza beruvçining xohişiga köra 1 oy, 6 oy va 3 yil muddatgaça berilişi mumkin.
Ariza beruvçi sörovnomada körsatilgan avtomototransport vositasining mulkdori bölmasa, işonçnoma rasmiylaştirilmaydi.
Işonçnomaga kiritiladigan şaxslar soniga çeklov örnatilmaydi.
Işonçnomani elektron şaklda rasmiylaştiriş uçun davlat boji uning amal qiliş muddatidan kelib çiqqan holda, «Davlat boji töğrisida»gi qonunda işonçnomani notarial tasdiqlaş uçun belgilangan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:
- 1 oygaça bölgan muddatga – 10 foiz;
- 1 oydan ortiq va 6 oygaça bölgan muddatga – 50 foiz;
- 6 oydan ortiq va 3 yilgaça bölgan muddatga – 100 foiz.
Elektron şaklda QR-kod qöyilgan holda rasmiylaştirilgan işonçnoma notarial tasdiqlangan işonçnoma bilan bir xil yuridik kuçga ega.
Işonçnoma quyidagi holatlarda bekor qilingan hisoblanadi:
- işonçnomaning amal qiliş muddati tugaganda;
- işonçnomani bergan şaxs tomonidan bekor qilinganda;
- işonçnoma rasmiylaştirilgan vaqtdan söng işonçnomani bergan şaxs muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati çeklangan yoki bedarak yöqolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda;
- işonçnoma berilgan şaxs(lar) muomalaga layoqatsiz, muomalaga layoqati çeklangan yoki bedarak yöqolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda;
- avtomototransport vositasining mulkdori özgarganda.













