Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Umida Rahmonova energetika tizimi bu yilgi qiş mavsumiga qay darajada tayyor ekani yuzasidan vazir Jörabek Mirzamahmudovdan izoh söradi.
“Ötgan yili anomal sovuq nimalarga tayyormiz-u, qanday muammolarimiz borligini boriça körsatib berdi. Bu yilgi qiş mavsumiga qay darajada tayyormiz? Köp qavatli binolardagi muammolarning bartaraf etilişi böyiça qanday tayyorgarliklar amalga oşirilmoqda?” deya söradi deputat 22 noyabr kungi hukumat soatida.
Vazirning ma’lum qilişiça, muammoli hududlardagi yuklama miqdori kamaytirilgan, gaz bosimi tuşib ketadigan issiqlik markazlariga esa alohida liniya tortib kelingan.
“Tahlil olib boryapmiz. Töğri, noyabr oyi biroz issiq keldi deyiş mumkin va iste’mol ham pastroq. Lekin generatsiya quvvatini inobatga olgan holda ötgan yili noyabr oyida elektr energiyaga kunlik çeklov kiritilgandi.
Toşkentdagi muammolar nima sababdan yuzaga kelgandi? Tabiiy gazning bosimi tuşib ketişi natijasida elektr energiyaga talab oşib ketdi. Yuklamani kötara olmaslik natijasida simlar va transformatorlar yonib ketdi, avariya holatlari yuzaga keldi. Nima qilindi? Eng avvalo, Toşkentdagi eng muammoli hududlar, jumladan Yunusobod va Olmazor tumanlaridagi yirik podstansiyalarda alohida kabellarni boşqa podstansiyalarga taqsimlagan holda yangi liniyalar tortildi va yuklama pasaytirildi. Ikkinçidan, isitiş markazlarida gaz bosimi tuşib ketgan, çunki aholi öşa tarmoqqa ulangan bölgan. Şuning uçun uçinçi va beşinçi isitiş markazlariga alohida sanoat tarmoğidan gaz tortib kelindi. Uçinçidan, uşbu qozonxonalarda gaz bosimi tuşib ketganda boşqalaridan farqli ravişda, mazut yoqib, issiqlikni uşlab turiş imkoniyati bölmagan. Bu qozonxonalar töliq ta’minlanib, mazut yoqişga ixtisoslaştirildi, mazut yoqilğisini saqlaş tizimlari yaratildi va uşbu ikki isitiş markazlarining har birida 2 ming tonnadan mazut zaxirasi yaratildi. Ya’ni kafolatlangan issiqlik tizimi böladi. Şuni inobatga olib, hozirda 8 ta holati oğir hududlarda xuddi şunday qurilmalar quriş böyiça kelişuvga erişdik. Uşbu şartnomalar DXŞ asosida amalga oşiriladi.
Şuningdek, anomal sovuq kelsa yoki avariyaviy holatlar bölganida qanday işlaş böyiça algoritm işlab çiqqanmiz. Agar ötgan yilning 22 noyabr holatiga zaxiramizda 47 ming tonna mazut bölgan bölsa, hozirgi kunda 340 ming tonna zaxira bor. Ya’ni mazut zaxirasi qilindi, kafolatlangan tabiiy gaz zaxirasi yaratildi. Ötgan yili saqlaş omborlarida kuniga 18 mln kub gaz olganmiz, hozir u yerda qurilgan yangi stansiyalar hisobiga kunlik oliş miqdori 40 mln kubga yetkazildi”, dedi Jörabek Mirzamahmudov.












