Uzbekistan Airports boşqaruvi raisining 2023 yil 22 noyabrdagi buyruğiga binoan Jasur Pölatov «Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroporti» MÇJ direktori vazifasini bajaruvçisi etib tayinlandi.
Jasur Pölatov Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti bitiruvçisi, öz faoliyatini aviatsiya sohasida «Özbekiston havo yöllari» MAKda havo taşuvlarini taşkil etiş agenti sifatida boşlagan va mazkur lavozimda 2019 yilgaça işlab kelgan.
Şundan söng mehnat faoliyatini Özbekiston Transport vazirligida davom ettirib, sönggi yillarda aeroportlarni rivojlantiriş va yerusti ta’minoti boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.
U 2023 yilda Uzbekistan Airports'ga taklif qilinib, boşqaruv raisining xalqaro taşkilotlar bilan hamkorligi böyiça maslahatçisi lavozimida işladi. Keyinçalik Buxoro aeroporti direktori vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi etib tayinlangandi.
Ma’lumot uçun, 2022 yilning dekabr oyidan beri Şukur Ğoipov Özbekiston poytaxti xalqaro aeroportini boşqarib kelayotgandi.












