7 oktyabrdan beri Ğazo sektorida HAMAS jangçilari qölida bölgan yana 14 nafar isroillik, şuningdek, uç nafar xorijlik fuqaro Qizil Xoç gumanitar taşkilotiga topşirildi. Bu haqda Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) 26 noyabr, yakşanba kuni keçqurun Telegram’da ma’lum qildi.
Ayni paytda, Rossiya Taşqi işlar vazirligi uşbu guruhda bir «Rossiya pasporti egasi» borligini ta’kidladi. «Uşbu ozod etiş almaşinuv röyxatidan taşqarida sodir böldi. Gap Rossiya vakillari va HAMAS örtasidagi töğridan töğri kelişuvlar haqida ketmoqda», - deyiladi Rossiya TIVning Telegram’dagi postida.
Öz navbatida, HAMAS vakillari garovga olingan 13 nafar isroillik, uç nafar tailandlik va bir rossiyalik Qizil Xoçga topşirilganini aytdi. Ayni paytda Qatar 39 nafar falastinlik mahbus 26 noyabr kuni Isroil qamoqxonalaridan ozod etilişi kerakligini bildirdi.
Avvalroq Isroil OAV mamlakat rasmiylari HAMASdan Ğazo sektorida vaqtinçalik öt oçişni töxtatişning uçinçi kuni - 26 noyabrda ozod etilişi rejalaştirilgan garovga olinganlar röyxatini qabul qilganini yozgan edi. Uşbu röyxatda 13 kişi, jumladan, AQŞ fuqarolari borligi ta’kidlandi.
Keça keçasi Tel-Avivda 7 oktyabr kuni HAMAS jangçilari tomonidan Isroilga uyuştirilgan keng kölamli hujum çoğida garovga olingan barça şaxslarni ozod etiş talabi bilan ommaviy miting bölib ötdi. Taşkilotçilarga köra, tadbirda 100 mingga yaqin kişi iştirok etgan. Xuddi şunday aksiya Quddusda ham ötkazildi.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 15 mingga yaqin falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.









