Isroil prezidenti Itsxak Gersog 27 noyabr, duşanba kuni Quddusda X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoği egasi Ilon Mask bilan uçraşadi, u bir qator antisemitizm ayblovlaridan söng mamlakatga taşrif buyurişga qaror qildi. Bu haqda The Times of Israel davlat rahbari idorasiga tayanib yozmoqda.
Amerikalik tadbirkor bilan suhbatda Gersog «internetda antisemitizmning kuçayişiga qarşi kuraş çoralari zarurligini» ta’kidlamoqçi. Ğazo sektorida HAMAS tomonidan garovga olingan ba’zi şaxslarning oila a’zolari ham uçraşuvga qöşilişi kutilmoqda.
Sönggi haftalarda Mask X platformasida antisemitizm va natsistlarga oid postlari tufayli tanqid ostiga olindi. Xususan, u fitna nazariyasi tarafdorining yahudiy hamjamoalarini «oq tanlilarga nisbatan nafrat» tarqatişda ayblagan, şuningdek, antisemitizmga qarşi kuraşuvçi Amerika yahudiylari taşkiloti - Antidiffamatsion liga «de-fakto oq tanlilarga qarşi irqçilik, osiyoliklarga qarşi irqçilik yoki har qanday irqçilikni tarğib qilişi» haqida yozgan tvitini qöllab-quvvatlagan.
Bundan taşqari, Media Matters notijorat taşkiloti Apple, Oracle va IBM reklamalariga e’tibor qaratdi, ular X’da Hitler va natsizmni maqtagan postlar yonida körsatilgan. Natijada, şu va boşqa ba’zi kompaniyalar Maskning ijtimoiy tarmoğidagi reklamalarini töxtatişga qaror qildi.












