Xitoyda 2014 yilda Kuala-Lumpur – Pekin yönalişida ğoyib bölgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining MH370 reysi bortida bölgan önlab xitoyliklarning oilalariga tovon puli tölaş böyiça sud majlislari boşlandi. Pekinda 27 noyabr, duşanba kunidan boşlangan sud jarayonida 40 dan ortiq oilaning Malaysia Airlines, Boeing aviasozlik konserni, Rolls-Royce dvigatel işlab çiqaruvçisi va Allianz suğurta guruhiga qarşi da’volari körib çiqilmoqda, deb xabar berdi CCTV davlat telekompaniyasi.
Oilalarning har biri 10 milliondan 80 million yuangaça (1,28 milliondan 10,3 million yevrogaça) fuqarolik tovonini undiriş, şuningdek, 30 milliondan 40 million yuangaça bölgan (3,85 mln - 5,1 mln yevro) ma’naviy zararni qoplaş töğrisida da’vo arizasi bilan çiqdi. CCTV ta’kidlaşiça, 110 dan ortiq boşqa yölovçilarning oilalari javobgarlar bilan kelişuvga erişib, 2,5 milliondan 3 million yuangaça pul olgan.
Kompensatsiyadan taşqari, asosiy e’tibor samolyotning ğoyib bölişi holatini oydinlaştirişga qaratilgan. Biroq, Xitoy sudi kompensatsiya talablarini qondirişda qanday yurisdiksiyaga ega ekani noma’lum. Malayziya Transport vazirligi va Malaysia Airlines aviakompaniyasi sud jarayoniga izoh berişdan boş tortdi.
MH370 reysi deyarli 10 yil oldin ğoyib bölgan
Boeing 777 samolyoti 2014 yil 8 mart kuni ğoyib bölgan, uning bortida 239 kişi, asosan Xitoy fuqarolari bölgan. Samolyot halokati böyiça tergov 4 yil davom etdi, bu vaqt içida fojia sabablarini aniqlaşning imkoni bölmadi va Hind okeanidagi 120 ming kvadrat kilometr maydonda qidiruv işlari olib borildi, faqat bir neçta bölaklar topilgan. 2017 yil yanvar oyida Avstraliya boşçiligidagi aviatsiya tarixidagi eng yirik qidiruv operatsiyasi heç qanday natija bermay yakunlandi. 2018 yildagi xususiy qidiruv operatsiyasi ham muvaffaqiyatsiz tugadi.
MH370 halokati aviatsiya tarixidagi eng sirli hodisalardan biri hisoblanadi. Havoga kötarilganidan bir soat ötgaç, samolyot ekipaji oxirgi marta aloqaga çiqqan, keyin samolyot boşlanğiç yönalişidan çetlaşib, radarlardan ğoyib bölgan va ogohlantiriş tizimlarini öçirgan, biroq havoda 7 soatdan köproq vaqt davomida bölgan.
Tergov ma’lumotlariga köra, MH370 suvga şönğiş natijasida vayron bölgan, ekipaj suvga qönişga urinib körmagan. Rasmiy hisobotda qayd etilişiça, «layner taqdiriga ayrim uçinçi şaxslarning aralaşuvi ehtimolini inkor etib bölmaydi».








