MH370 reysidagi yölovçilarning 500 ga yaqin qarindoşlari va ular tarafdorlari deyarli ön yildan beri bedarak yöqolgan deb hisoblanayotgan Malayziya samolyotini yangidan izlaşga çaqirdi. 3 mart, yakşanba kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur yaqinidagi savdo markaziga odamlar xotira kunini nişonlaş uçun yiğildi, deb xabar berdi AFP. Ba’zi odamlar samolyot yölovçilarining deyarli uçdan ikki qismini taşkil etgan Xitoydan kelgan.
Samolyot bortida onasi bölgan 36 yoşli advokat Greys Neytan agentlikka şunday dedi: «Sönggi ön yil men uçun his-tuyğular pallasi böldi. MH370 - tarixga aylanmadi». U yangi qidiruv işlarini boşlaşga çaqirdi. Samolyotda öğlini yöqotgan xitoylik 67 yoşli Liu Şuang Fong uning uçun «adolat» talab qildi. «Samolyot qayerda?» - deya savol berdi u hamda qidiruvni davom ettirişni talab qildi.
MH370 reysi halokati
Kuala-Lumpur – Pekin yönalişida MH370 reysini amalga oşirgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing-777 samolyoti 2014 yil 7 martdan 8 martga ötar keçasi havoga kötarilganidan bir soat ötmay radarlardan ğoyib böldi. Layner bortida 227 yölovçi va 12 ekipaj a’zosi bölgan. Taxminlarga köra, layner qulagan va uning qoldiqlari Hind okeanining janubiy tubiga ğarq bölgan. 2015 yil yanvarida Malayziya rasmiylari bortdagilarning barçasini rasman halok bölgan deb e’lon qildi.
Samolyot yoki yölovçilar va ekipaj a’zolarining jasadlarini topişga bölgan barça urinişlar hozirça muvaffaqiyatsiz böldi. 120 ming kvadrat kilometr maydonda olib borilgan suvosti qidiruv işlarida qoldiqlar izi topilmadi. Turli vaqtlarda turli joylarda yöqolgan samolyotga tegişli 27 ta parça topilgan. Bundan ekspertlar maşina parçalanib ketgan degan xulosaga keldi, biroq ular bu havoda yoki suvga urilganda sodir bölgani hamda nima sababdan yuz berganini oxirigaça aniqlay olmadi. MH370 reysi taqdiri sirligiça qolmoqda.
MH370 reysi: fitna nazariyalari
2018 yil iyul oyi oxirida Malayziya hukumati samolyotning ğoyib bölişi böyiça tergov natijalari böyiça «yakuniy hisobot»ni taqdim etdi. 450 sahifalik hujjatning asosiy xulosasi şundan iboratki, tergov guruhi «MH370 yöqolişi sababini yakuniy tarzda aniqlay olmaydi».
Hisobotda, şuningdek, nima uçun samolyot yarim tunda tösatdan yönalişidan çiqib ketgani va, ehtimol, dispetçerlarga javob bermay, bir neça soat davomida parvozni davom ettirgani haqida heç qanday asosli izoh berilmagan. Şu bilan birga, hujjatda qayd etilişiça, layner taqdiriga «ayrim uçinçi şaxslarning aralaşuvi ehtimolini» inkor etib bölmaydi.








