Özbekistonda huquq-tartibot idoralari xodimlarini «obrösizlantiriş maqsadida» iş faoliyatiga oid foto va videolarni internetda e’lon qilganlik uçun javobgarlik joriy etiş taklif qilindi. 28 noyabr kuni bölib ötgan yiğilişda tegişli qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasida konseptual jihatdan ikkinçi va uçinçi öqişda qabul qilindi.

Içki işlar vazirligi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga yangi 195−2-moddani kiritişni taklif qilgan, unga köra içki işlar organlari xodimlarining öz xizmat vazifalarini bajarişi vaqtida olingan surat va videolarni ularni obrösizlantiriş yoki haqorat qiliş maqsadida internetda joylaştiriş bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari miqdorida jarima solişga yoki 15 sutkagaça qamoqqa olişga sabab bölişi körsatilgan.

Deputat Doniyor Ğaniyev birinçi öqiş jarayonida bu huquq-tartibot idoralaridagi ayrim xodimlar mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzişini rağbatlantirişi mumkinligiga e’tibor qaratgan.

Doniyor Ğaniyev

«Ertaga ular mana şu normani suiiste’mol qilib, fuqarolarning huquqlarini buziş uçun boşqa maqsadlarda foydalanişlari va ularga qöpol munosabatda bölişlari mumkin. Bu xodimlarning ruhiy holatini yaxşilaşga olib kelişi mumkin deb öylaşingiz mumkin. Yöq, bu aks natija beradi. Biz huquq-tartibot idoralari xodimlari, xususan, içki işlar xodimlari fuqarolarning haqiqiy tayançi, dösti va himoyaçisi bölgan institutga aylanişini istaymiz», – dedi u.

Uning fikriça, agar şunday me’yor qabul qilinsa, «fuqarolarning içki işlar organlari xodimlariga nisbatan bölgan hurmatini qörquv, işonçini şubha, sevgisi örnini nafrat egallaşiga xizmat qiladi».

Doniyor Ğaniyev qonun loyihasini ikkinçi va uçinçi öqişda muhokama qiliş çoğida hamkasblaridan uşbu modda yuzasidan ham fikr bildirişni söradi.

Deputatlardan yana biri Umidjon Jabborov ham taklifga e’tirozlarini bildirdi.

Umidjon Jabborov

«Qonunning konseptual muhokamasida ham bu moddaga mutlaqo qarşi edim. Keça ham muhokamalar ötdi. Bugun ham modda ustida yana öylab kördim. Lekin bitta savol bor, huquqni muhofaza qiluvçi organlar deyilganda beş-oltita strukruta borligini bilamiz.