Toshkentda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklardagi qoidabuzarliklarni kameralar qayd etishni boshladi
Poytaxtda jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklarda qoidabuzarliklarni sodir etgan haydovchilarga avtomatik tarzda jarimalar qo‘llanilmoqda.

Toshkent shahrida 1 dekabrdan boshlab yo‘nalishli transport vositalarining harakati uchun mo‘ljallangan tasmalarda qoidabuzarliklarni qayd etuvchi maxsus kameralar ishga tushdi, deb xabar berdi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.
Kameralar maxsus ajratilgan yo‘lakda («A» harfi chizilgan) sababsiz o‘tib to‘xtagan, harakatlangan, avtobuslarning harakatiga xalaqit bergan, qoldirib ketilgan transport vositalarini qayd etadi. Qoidani buzganlarga nisbatan belgilangan tartibda avtomatik ravishda jarima qo‘llanilishi boshlangan.
Transport vazirligiga ko‘ra, 2023 yilda Toshkent shahrida avtobuslar uchun 48,2 km alohida ajratilgan yo‘laklar tashkil etilgan. Belgilangan alohida yo‘laklarda bir kunda 16 ming avtobus qatnovi amalga oshirilib, ularda qariyb 600 ming yo‘lovchi tashilmoqda.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

08:56 / 02.04.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgaradi

23:43 / 27.03.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi

09:10 / 23.03.2025
Toshkentda turistlar avtobusi tutab ketdi

23:41 / 20.03.2025