3 dekabr kuni Toshkentda AIQAR brendining birinchi rasmiy dilerlik markazi ochildi. Avtosalonda Xitoyning AIQAR kompaniyasi ishlab chiqargan avtomobil va elektromobillar sotuvi boshlandi.

Ochilish marosimida AIQAR brendiga tegishli eQ7, Arrizo E avtomobillarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu brendning ilk xaridorlariga 1000$ lik vaucher sertifikatlari topshirildi.

Ayni paytda avtosalon AIQAR kompaniyasining eQ7 krossoveri va hamyonbop Arrizo E so‘nggi avlod elektromobillarini xaridorlarga taqdim etmoqda. Ushbu modellar bir quvvatlashda 512 km va 405 km masofani bosib o‘tishga mo‘ljallangan.

Kompaniya 24 yildan buyon avtomobil bozorida xaridorgir bo‘lgan keng turdagi elektromobillar va gibrid avtomobillar ishlab chiqarib, ularni muvaffaqiyatli tarzda 660 mingdan ziyod mijozlarga yetkazib bergan. Xitoyning Wuhu provinsiyasida va boshqa hududlarida joylashgan AIQAR zavodlari nafaqat avtomobillar, balki barcha ehtiyot qismlarni yetkazib beradi. Toshkentda ochilgan yangi avtosalonda servis xodimlari uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoyning o‘zida malaka oshirib kelish imkoniyati yaratilgan. Bu esa sifatli servis xizmatini, mijozlar uchun qulaylikni ta’minlaydi.  

AIQAR bu - so‘nggi avlod yangi energiya manbalari bo‘yicha avtomobillar  ishlab chiqaruvchi va ularning sotuvlari bilan shug‘ullanuvchi 24 yillik izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar va tajribaga ega kompaniya hisoblanadi.

2012 yilda Xitoydagi birinchi Xitoy-Britaniya qo‘shma korxonasi – Jaguar, Land Rover Motors tashkil etilgan edi. Jaguar, Land Rover Motors bilan birgalikda Xitoyning alyuminiy asosidagi birinchi yengil platformali avtomobillari dunyoga keldi va Xitoyning avtomobil sanoatida fan va texnologiya taraqqiyoti uchun beriladigan birinchi maxsus mukofotini ham qo‘lga kiritdi. AIQAR kompaniyasi ochilishi va rivojlanishiga ham mazkur hamkorlik asos bo‘ldi. Chunki AIQAR elektromobillari ana shu texnologiya – alyuminiy asosidagi yengil platformali avtomobillar sanaladi.