Özbekistonda talabalar qişki ta’til vaqtida mahalliy yönalişlardagi poyezdlar qatnovida çiptalardan çegirmali narxda foydalanişi mumkin, deb xabar berdi “Öztemiryölyölovçi”.

Xabarda çiptalar narxiga 50 foizli çegirmalar 2023 yilning 25 dekabridan 2024 yilning 7 yanvariga qadar amal qilişi qayd etilgan.

Çegirmalar faqat mahalliy yönalişdagi yölovçi poyezdlari uçun belgilangan. Ya’ni bu imtiyoz SV /VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvçi “Afrosiyob” elektropoyezdi uçun amal qilmaydi.

Çiptalarni pasport bilan temiryöl kassalariga taşrif buyuriş yoki elektron tarzda “eticket.railway.uz” saytidan xarid qiliş mumkinligi aytilgan. 

Bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyevning yozişiça, talabalar uçun çegirmalar çiptalar deyarli sotilib bölgandan keyingina e’lon qilingan. 

U “har yili yöq çiptaga keçikib çegirma e’lon qilinişi, undan köra talabalar uçun yilning istalgan davrida qişki ta’til uçun çegirma asosida çipta oliş huquqi bölişi kerakligi, ular dekabr kelişini kutib ötirişi notöğriligi” ekanligini ta’kidlagan.