Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Doniyor Toşxöjayev poytaxtda jinoyatçilikka qarşi ötkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarida qölga olinganlarning ayrimlari ijtimoiy tarmoqlarda faol ekani haqida gapirib ötdi.
“Hozir ijtimoiy tarmoqlarni, yoşlarni kuzatadigan bölsak, ular akademik bölaman, injyener bölaman, yoki sizlarga öxşagan jurnalist bölaman, yoki bizga öxşab içki işlar xodimi bölaman, jinoyatçilikka qarşi kuraşaman deb emas, aynan şu internet tarmoqlarida özini qonundan ustuvor, jazosiz qoladigan, yoki qanaqadir boşqa qonun-qoidalar bilan – bilmadim, “Soyuz” vaqtidan qolib ketgan qoidalarmi – şular bilan yaşaydigan, öziga qanaqadir bir obro‘ yasab olgan...
Atrofiga sporsmenlarni yiğib olib, har xil çiroyli-çiroyli maşinalarda yurib... Bir tomondan internetda körinişlari – çiroyli bir hayot, lekin içiga kirganda umuman boşqa narsani köriş mumkin. Şu [ularni kuzatayotgan / ularga havas qilayotgan] yoşlarimizdan bittasi ham öziga savol bermaydi: qani şu, internetda körinayotgan şaxs, nimaning hisobiga daromad köryapti?
Agar hozirgi jinoyat işlarini tahlil qiladigan bölsak, bular – boşqalarni qiynoqqa solib, tovlamaçilik yöllari bilan pul undiriş orqali özini va bola-çaqasini yedirib-kiydirib, mana şunaqa qilib çiroylikkina bölib yurişibdi. Qonunga xilof ravişda”, – dedi IIBB rasmiysi.
Toşxöjayevga köra, “Dolzarb 40 kunlik” 21 noyabr kuni boşlangan bölib, uning doirasidagi tadbirlarda kuçli ta’sir qiluvçi psixotrop va giyohvand vositalariga oid jinoyatlar ham aniqlanmoqda.
“Ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, bu juda açinarli raqam: 135 ta giyohvandlik moddasi, 19 ta psixotrop vositalarining noqonuniy aylanmalariga çek qöyildi. 3 kg 895 gr, ya’ni tört kiloga yaqin giyohvand moddalari va 11 mingtaga yaqin kuçli ta’sir qiluvçi psixotrop vositalari hujjatlaştirib olindi. Natijada 116 nafar şaxsga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, qonun ustuvorligi ta’minlandi.
Lekin bu – bir qismçasi. Bunaqa psixotroplar aylanmasining hozir yangi yöllari topilgan. Internet tarmoqlarida köryapsizlar, biz ularga ham qarşi kuraşib, bitta-ikkita holatlarda uşlaş çoralari körib, natijaga erişdik. “Zakladçik” deymiz, kartaga puli tuşganidan keyin internet orqali joyini, lokatsiyasini körsatadi, xaridor borib özi olib ketadi. Bu bizga qiyinçilik tuğdiradigan narsa, lekin albatta kuraşişimiz kerak”, – dedi Doniyor Toşxöjayev.














