Toşkent şahar IIBB boşliğining birinçi örinbosari Doniyor Toşxöjayev 12 dekabr kuni matbuot anjumani ötkazib, jinoyatçilikka qarşi kuraş böyiça tezkor-profilaktik tadbirlar yuzasidan ma’lumot berdi.
“2023 yil 27 noyabrdan boşlab Toşkent şahrida kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatuvçi şaxslarning jinoiy faoliyatiga çek qöyiş hamda qonun ustuvorligini ta’minlaşga qaratilgan maxsus tezkor tadbirlar amalga oşirilmoqda. Bu borada huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda bir qator guruhlar taşkil etilib, Qudratullayev, Saidaliyev va ularning jinoiy aloqalari, yetakçi va yetakçilik qiluvçi şaxslar, respublikamizning boşqa viloyatlaridan kelib, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatayotgan şaxslar va jinoyat sodir etişga moyil bölgan boşqa şaxslarga nisbatan tezkor tadbirlarni amalga oşiriş boşlandi”, – dedi Toşxöjayev.
IIBB rasmiysiga köra, ötkazilgan maxsus tadbirlar doirasida Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan jami 38 ta jinoyat işi qözğatilgan:
- 165-modda: tovlamaçilik, jazo muddati 10 yildan 15 yilgaça);
- 168-modda: firibgarlik, 8 yildan 10 yilgaça;
- 248-modda: qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalarga qonunga xilof ravişda egalik qiliş, 10 yildan 20 yilgaça;
- 273-modda: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va b. 10 yildan 20 yilgaça;
- 276-modda: giyohvandlik vositalari yoki psixotrop vositalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va b. 3 yildan 5 yilgaça;
- 277-modda: bezorilik, 3 yildan 5 yilgaça.
Ma’lum qilinişiça, uşbu jinoyat işlari doirasida jami 103 nafar şaxs protsessual tartibda uşlangan. Şundan 52 nafar şaxsga nisbatan sud ajrimiga asosan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. 2 nafari JPKning 221-moddasi, 1 nafari JPKning 224-moddasiga asosan uşlangan. Şuningdek, 48 nafari bilan dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.














