Farğona, Andijon va Buxoro viloyatlarida kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarining muomalaga kiritilişiga çek qöyildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, departamentning Andijon şahar bölimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda fuqaro A.S. jami 173 dona «Zardeks» va «Fenobarbital» nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini «Mustaqillik» MFY hududida ökaziş maqsadida olib kelgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şu kabi, departamentning Qoraköl tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda «S.T.» MÇJga qaraşli dorixona sotuvçisi M.B. xaridorga heç qanday hujjatsiz 20 dona «Gabaten» nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini sotgan vaqtida uşlanib, dorixonadan jami 106 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Qöqon şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda esa «Q.S.» MÇJga qaraşli dorixona sotuvçisi A.R. heç qanday hujjatsiz 40 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini fuqaro N.R.ga sotgan vaqtida uşlanib, dorixonadan jami 60 dona dori vositasi aşyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuçli ta’sir qiluvçi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









