Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan Toşkent viloyati Zangiota tumani hududida ötkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamçisi muomalasi taqiqlangan kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasi bilan qölga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Qayd qilinişiça, unga tegişli Spark avtomobili töxtatilib, közdan keçirilganda, salonda 50 dona «Zardeks» kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirilgan. Xabarda bu şaxsning ismi-şarifi keltirilmagan.

Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, unga mazkur dori vositalarini sotgan Camarqand viloyati, Bulunğur tumanida istiqomat qiluvçi, 1997 yilda tuğilgan fuqaro Toşkent şahrida qölga olingan. Undan 300 dona «Zardeks» aşyoviy dalil sifatida olingan.

Ta’kidlanişiça, uşbu kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari Qirğizistondan noqonuniy yöllar bilan keltirilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.