Sobiq qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov qölga olingan. Kun.uz manbasiga köra, u iqtisodiy jinoyatlar bilan boğliq iş yuzasidan tergov qilinmoqda.

Aziz Voitov 1980 yilda tuğilgan, Toşkent moliya institutini «Soliq va soliqqa tortiş» mutaxassisligi böyiça bitirgan (2001) hamda Oliy işbilarmonlik maktabida «Biznes boşqaruvi» böyiça tahsil olgan (2010).

Aziz Voitov muqaddam «Özbekiston sanoat-quriliş banki» ATB boşqaruvi raisi lavozimida işlagan. 2020 yil martidan investitsiyalar va taşqi savdo vazirining (öşa vaqtda Sardor Umrzoqov) birinçi örinbosari lavozimida iş boşlagan, 2022 yil avgustida qişloq xöjaligi vaziri lavozimiga tayinlangan, 2023 yil yozida Sardor Umrzoqov prezident administratsiyasi rahbarligidan ketişi ortidan 2023 yil oktyabr oyida vazirlik rahbarligidan olingandi.

UPD. Oliy sud matbuot xizmati Aziz Voitov qamoqqa olinganini tasdiqladi. Sobiq vazir Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 205-moddasi 2-qismi “a” bandida (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş oqibatida juda köp miqdorda zarar yetkaziş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.