Aziz Voitov qişloq xöjaligi vaziri lavozimini tark etdi. Bu haqdagi ma’lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.
Ayni vaqtda uning ketişi sababi ma’lum emas. Bu iste’fo sönggi vaqtlarda fermerlarning paxta narxlari böyiça şikoyatlari köpayişi ortidan röy bermoqda.
Aziz Voitov 1980 yilda tuğilgan, Toşkent moliya institutini «Soliq va soliqqa tortiş» mutaxassisligi böyiça bitirgan (2001) hamda Oliy işbilarmonlik maktabida «Biznes boşqaruvi» böyiça tahsil olgan (2010).
Voitov öz vaqtida «Özbekiston sanoat-quriliş banki» ATB boşqaruvi raisi lavozimida işlagan. 2020 yil martidan investitsiyalar va taşqi savdo vazirining (öşa vaqtda Sardor Umrzoqov) birinçi örinbosari lavozimida iş boşlagan, 2022 yil avgust oyidan buyon qişloq xöjaligi vaziri lavozimida işlab kelayotgandi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev qişloq xöjaligi vaziri etib tayinlanayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo hokimlik bu haqiqatga töğri kelmasligini bildirib, xabarlarni rad etgan.









