Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolardan biri qölidagi temir bölagi bilan boşqa bir odamga hujum qilgani va söng temir bilan yölning örtasida töxtab turgan maşinaning oynalarini sindirgani va özini paçaqlagani tasvirlangan video tarqaldi.
Videoda töxtab turgan maşinaga Qaşqadaryo viloyatiga tegişli davlat raqami taqilganini, zöravonni YPX xodimi ham töxtatişga uringanini, biroq u böysunmaganini köriş mumkin.
Hodisa yuzasidan Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmati ma’lumot berdi. Unda yozilişiça, hodisa 2023 yil 15 dekabr kuni Qarşi şahridagi Alişer Navoiy köçasida sodir bölgan.
Svetoforning qizil çiroğida öz yölida töxtab turgan “Lada-Largus” maşinasi haydovçisini qarama-qarşi tomondan harakatlanib kelgan “Kobalt” yölovçisi hujum qilib, urmoqçi bölgan.
Söng qölidagi temir buyum bilan “Lada-largus” maşinasining oynalarini urib sindirgan. Holatga guvoh bölgan Qaşqadaryo viloyati IIB xodimining qonuniy talabiga böysunmagan.
Qayd etilişiça, hozirgi paytda fuqarolarning şaxsiga aniqlik kiritilib, Qarşi şahar IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda, zarar miqdorini aniqlaş uçun ekspertiza tayinlangan.
“Voqea joyida bölgan içki işlar organi xodimining xatti-harakatiga huquqiy baho berilişi ta’minlanadi. Holat yuzasidan qöşimça ma’lumot beriladi”, deyiladi munosabatda.












